Makron Osiyo davlatlarini ogohlantirdi

Makron Osiyo davlatlarini ogohlantirdi

Xitoy Şimoliy Koreyaga bosim ötkazib, uning Rossiyaga Ukrainadagi uruşda yordam berişini töxtatişi kerak, aks holda NATO Janubi-Şarqiy Osiyo işlariga aralaşişga majbur böladi. Bu haqda keça, 30 may kuni Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron Singapurda ötkazilgan “Şangri-La dialogi” xavfsizlik konferentsiyasida söz oçdi.

Siyosatçi sönggi yillar davomida Şimoliy Atlantika alyansi Osiyoda qandaydir rol öynaşiga qarşi çiqqanini eslatgan.

“Ammo Şimoliy Koreya Rossiya bilan Yevropa hududida birga harakat qilayotgani – bu hammamiz uçun jiddiy masaladir”, degan u va Xitoyni KXDRni qöşinlarini uyga qaytarişga majburlaşga çaqirgan.

Makron agar bu sodir bölmasa, NATO Osiyo mintaqasidagi faoliyatini kengaytiriş masalasini körib çiqişiga töğri kelişidan ogohlantirgan.

Maʼlumot uçun, Şimoliy Koreya Rossiyani Ukrainaga qarşi uruşda ikki davlat örtasidagi strategik hamkorlik şartnomasi doirasida qöllab-quvvatlamoqda. Jumladan, Pxenyan özining taxminan 15 ming askarini Ukraina Qurolli kuçlar nazorat qilgan Rossiyaning Kursk viloyatiga yubordi. Uşbu kuçlar yordamida hududni qaytarib olişga erişildi. Bundan taşqari, hozirda KXDR Rossiya armiyasiga harbiy harakatlarni davom ettiriş uçun zarur bölgan artilleriya öq-dorilarining qariyb yarmiga yaqinini yetkazib bermoqda. Ayrim qismlarda esa Şimoliy Koreya taʼminotiga töliq boğliqlik yuz foizga yetadi.

Open Source Centre (OSC) tadqiqot markazi hisob-kitoblariga köra, Pxenyan umumiy hisobda Moskvaga 6 million dona snaryad yetkazgan bölişi mumkin. Bu esa 2024 yilda Ğarb amaldorlari bahosiga köra 2-2,3 million dona bölgan Rossiyaning öz işlab çiqariş hajmiga katta qöşimça bölgan.

Ukraina razvedkasi maʼlumotlariga köra, Şimoliy Koreya öz ittifoqçisiga 120 ta uzoq masofaga uçuvçi artilleriya qurilmasi, 120 ta reaktiv otiş tizimi va 148 ta KN-23 va KN-24 ballistik raketalarini jönatgan.

Buning evaziga Rossiya Şimoliy Koreyaga yoqilği, raketa texnologiyalari, havo hujumidan mudofaa tizimlari va Ğarb qurollarining namunalarini masalan, Avstriyaning Steyr Mannlicher SS 08 snayper miltiğini yetkazib bermoqda. Şuningdek, Kimga öziga xos sovğalar berilmoqda: oppoq otlar, ekzotik hayvonlar, Aurus avtomobillari. Aprel oyida Putin bu yordam uçun unga ommaviy minnatdorçilik bildirib, Rossiyada “koreyalik askarlarning jasorati unutilmasligi” va ularni “qahramonlar” sifatida şaraflaşlarini aytgan edi.


×