Keça, 25 may kuni Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makronning Vetnamga borgan payti ayolidan tarsaki yegani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda katta şov-şuvga sabab böldi. Uşbu holatga Yelisey saroyi munosabat bildirdi.
Videoda Prezident samolyot eşigidan körinadi va içkarida kim bilandir gaplaşayotgan vaqtda bir qöl uning yuziga yaqinlaşib, iyagiga yengil tarsaki tuşiradi. Makron bu holatga qisqa hayrat bildiradi, lekin darhol özini tutib, kameralar qarşisida salomlaşadi. Keyin u va rafiqasi samolyotdan tuşadi. Rafiqasining kiyimi tarsaki tuşirilgan kiyimga mos keladi.
Yelisey saroyiga köra, bu voqea sayohat boşlanişidan oldin Prezident va uning rafiqasi örtasidagi oddiy hazil va quvnoqlik bölgan.
“Bu yaqinlik lahzasi edi. Biroq bu fitna nazariyaçilariga yetarli böldi”, deyiladi xabarda.
Şunda qilib, Yelisey saroyiga köra, Brijit Makron va Emmanuel Makronning harakatlari heç qanday kuçli janjalni yoki özaro kelişmovçiliklarni aglatmaydi. Bu – hazil.









