Rossiyaning Moskva viloyatida ötayotgan konkur böyiça “MAXIMA MASTERS Eurasia Cup” turnirida mamlakatimiz çavandozlari 2 ta bronza medaliga sazovor böldi.
Tösiq balandligi 130 santimetrdan iborat bölgan jamoaviy bellaşuvlarda terma jamoamiz aʼzolari Ibrohim Yöldoşev, Bekzod Rözmuhamedov hamda Aʼzam Tolibboyev munosib qatnaşdi.
15 ga yaqin jamoa qatnaşgan musobaqada hamyurtlarimiz bronza medallariga ega çiqdi. Uşbu dasturda oltin medal qirğizistonlik, kumuş esa Rossiya terma jamoasi aʼzolariga nasib etdi.

Xalqaro turnirning bolalar örtasidagi Gran-pri dasturida Firdavsbek Davronbekov 110 santimetr balandlikdagi bahslarda uçinçi örinni egalladi.
T.Röziyev, ÖzA









