Özbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari sentyabr oyida Amerika Qöşma Ştatlarida öquv-maşğulot yiğinini ötkazadi.
Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Maʼlumki, terma jamoamiz aʼzolari joriy yil sentyabr oyida FIFA kunlari doirasida Bolgariya terma jamoasiga qarşi örtoqlik uçraşuvi ötkazişi reja qilingandi.
Biroq, murabbiylar ştabi qaroriga köra, Yevropa safari bekor qilinib, hamyurtlarimiz Amerika Qöşma Ştatlarida yiğin ötkazişni maqsad qildi.
Okean ortida ötkazilişi kutilayotgan yiğin doirasida Özbekiston terma jamoasi 9 sentyabr kuni FIFA reytingida 11-örinda borayotgan AQŞ milliy terma jamoasiga qarşi örtoqlik öyinida maydonga tuşadi.
Mazkur öyin Toşkent vaqti bilan 10 sentyabrga ötar keçasi 03:30 da Missuri ştati Sent-Luis şahridagi “City Park” stadionida boşlanadi.
Uşbu uçraşuvning taşkil etilişi bilan boğliq masalalar Özbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan ijobiy hal etilgan.
T.Röziyev, ÖzA









