Markaziy Osiyoning beş davlatidan tahlilçilar Toşkentda mintaqa muammolari, kelajagini muhokama qilmoqda. Ekspertlarning fikr va nuqtayi nazari prezidentlar maslahat uçraşuviga tavsiyalar sifatida qabul qilinadi. Sovetlar yaratgan infratuzilma haliyam işlamoqda va 2025-2030 yillarda u butunlay eskiradi, deydi qozoğistonlik iştirokçi. Tojikistonlik ekspertga köra, kelajakda suv neftdan qimmat böladi.
Yiğilganlardan tört yönaliş: suv va energetika, transport, sanoat kooperatsiyasi va ijtimoiy rivojlaniş muammolari böyiça taşabbuslar söralyapti.
“Eng katta guruh Turkmanistondan kelgan – 6 kişi. Bu Markaziy Osiyoning har bir davlati integratsiya va yaqinlaşuv tarafdori ekanini isbotlaydi. Bugun biz takliflarning har birini qabul qilamiz, körib çiqamiz va real ekanligini baholaymiz”, - deydi tahlilçi Aziza Umarova.
Nafaqat davlatga işlovçi, balki mustaqil tahlilçilarning ham borligi – ekspertlar teng vakilligini taʼminlayapti. Qozoğistonlik iştirokçiga köra, mintaqaning eng katta muammolaridan biri – davlatlar hali-hanuz sovetlar yaratgan infratuzilmada yaşab kelayotgani, eng açinarlisi u ham eskirib bölgan.
“Sovet infratuzilmasi jiddiy eskirdi. Ha, Sovet Ittifoqi yuridik nuqtayi nazardan yöq, u qulagan, Lekin sovetlar merosi yaşab kelyapti. 2025-2030 yillarda ular yaratgan infratuzilma butkul eskiradi. Biz özimizni jismonan postsovet makonida qolgandek his qilib kelmoqdamiz. Aytaylik, Qozoğistonda energetika infratuzilmasining eskirişi 70 foizga yetdi. Afsuski, mustaqil Qozoğiston butun neft boyliklari bilan öz vaqtida yangi energetika quvvatlarini qurişga sarmoya kirita olmadi”, - deydi iqtisodçi Rahim Uşakboyev.
Energetika – regionning asosiy masalasi, har bir davlat bu yönalişda dunyo bilan işlaşga majbur. Tahlilçilarga köra, mintaqada yetarliça yangi energetik korxonalar qurilmadi.
“Umumiy energiya işlab çiqarişning bor-yöği 8 foizi yaşil energiya hissasiga töğri kelmoqda. Ha, Qozoğistonning kiçik zaxirasi bor, lekin kömir, issiqlik bilan boğliq bölgan asosiy stantsiyalar qayta tiklanmagan, ular eskirdi, yangilari qurilmadi. Qozoğistonda uçta neftni qayta işlaş zavodlari bor, ular modernizatsiya qilingan, biroq mustaqillik davrida birorta yangi zavod qurilmadi. Butun regionda minusga öynaydigan şunday muammolarga duç kelasiz. Bu katta sinov. Ijtimoiy va energetik infratuzilmamizni yangilaş uçun endi kapital töplay olamizmi? Kim investitsiya qiladi?” – deya qöşimça qiladi iqtisodçi Uşakboyev.
Özbekiston Markaziy Osiyoda yagona viza rejimini joriy qilişni gapirib keladi. Bu xalqlarni bir-biriga yaqinlaştiradi, çegaralarni oçadi va ortiqça ovoragarçiliklarni kamaytiradi. Xöş, jarayon qaysi bosqiçda?
“Özbekiston Tojikiston bilan viza rejimini bekor qilganda, birinçi yilda bir milliondan ortiq tojikistonliklar Özbekistonga kelgandi. Yagona viza masalasi muntazam ravişda kötariladi, poydevor allaqaçon qöyilgan. Mintaqa davlatlari alohida-alohida gapirsa, biz qiziqiş uyğotmaymiz. Özimizni nafaqat Özbekiston, balki Markaziy Osiyo fuqarolari sifatida qabul qilişimiz uçun mintaqaviy öziga xoslikni işlab çiqiş muhim. Biz buni amalga oşiriş qançalik real ekanligini baholaşni davom ettiramiz. Va şuni aytamanki, Markaziy Osiyoda faqat Özbekiston bugun eng köp davlatlar bilan vizasiz rejimga ega bölib turibdi”, – deydi taşkilotçilardan biri Aziza Umarova.
Ekspertlar mintaqani 2050 yilda qanday körişi xususida fikrini bayon qilişi, hamma birgalikda rivojlaniş stsenariysini tuzişi kerak. Tojikistondan kelgan Saodat Jöraxonzodaga köra, Duşanbe kelajak uçun 5 prioritetlarni belgilagan.
“Bular oziq-ovqat xavfsizligiga, energetik mustaqillikka erişiş, kommunikativ boşi berk köçadan çiqiş, sanoatlaştirişning rivojlanişi va Tojikistonni agrar mamlakatdan sanoat-agrar davlatga aylantiriş maqsadlaridir. Umumiy iqtisodiy ahvolimizni yaxşilaş uçun beşala işni birga olib borişimiz kerak böladi”, - deydi Saodat Jöraxonzoda.
Suv-resurslari yetişmasligi mintaqaning asosiy muammolaridan. Şunday şaroitda beşala davlatning gapi bir joydan çiqişi muhimdir.
“Butun dunyoda suvning qadri oşib bormoqda. Suv mavzusini BMTda ham kötarganmiz. Prezident Rahmon aytganidek, suv hali neftdan qimmat böladi. Tojikiston toğlari, Pomir toğlaridagi 14 ming muzlikdan mingi allaqaçon erib ketdi. Bu faqat bizning muammoyimizmi, butun region muammosi-ku. Unutmang, Markaziy Osiyo daryolarining aksariyati Tojikiston toğlaridan boşlanadi. Markaziy Osiyo kelajagi uçun şu muzliklarni asrab qolişimiz lozim”, - deya taʼkidladi Jöraxonzoda.
Orol dengizining qurişi ayniqsa, mintaqa davlatlari atmosferasi, ekologiyasi uçun fojia bölib xizmat qilmoqda. Suv resurslaridan samarasiz foydalaniş oqibatida 2050 yilga borib, muzliklar kattaroq tezlikda eriy boşlaydi hamda suv loyihalariga xalaqit qiladi. Ayniqsa, bu Özbekiston, Farğona vodiysi va Afğonistondagi suv resurslariga taʼsir qiladi, deydi tahlilçilar. Demografik jihatdan esa mintaqa aholisi 100 millionga yaqinlaşişi prognoz qilinmoqda.









