Özbekiston sunʼiy intellekt böyiça Markaziy Osiyoda yetakçilik qilmoqda

Özbekiston “Hukumatning sunʼiy intellektga tayyorlik indeksi” reytingida Markaziy Osiyoda 1 örinda. Bu haqda “Oxford Insights” taşkiloti tomonidan “Hukumatning sunʼiy intellektga tayyorlik indeksi” reytingi eʼlon qilindi.

Maʼlum qilinişiça, Özbekiston 53,45 ball bilan 70-örinni egallab, 17 poğonaga kötarilgan. Şuningdek, bu natija Özbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari orasida 1-örindaligini körsatadi.

Qayd etilişiça, mazkur reyting hukumatning sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilişga tayyorligini baholaydi va 40 ta indikator asosida tuziladi.

Mamlakatning uşbu yutuqlari hukumat tomonidan tasdiqlangan “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030 yilgaça rivojlantiriş strategiyasi” hamda bu sohadagi izçil islohotlar natijasi ekanligi taʼkidlangan.

Şuningdek, reytingda Özbekiston Janubiy va Markaziy Osiyo mintaqasida Hindiston va Turkiyadan keyin 3-örinni egallagan.


Teglar:
×