Özbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 28 may kuni navbatdagi öquv-maşğulot yiğinlariga kirişadi. Boş murabbiy Timur Kapadze tomonidan uşbu yiğinga jalb etilgan futbolçilarning röyxati eʼlon qilindi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsitsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, terma jamoa 29 maydan yiğinni Birlaşgan Arab Amirliklarida davom ettiradi. JÇ-2026 saralaş bosqiçi doirasida 5 iyun kuni BAAga qarşi safarda öyin ötkazsa, 10 iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Qatarni qabul qiladi.
Boş murabbiy Timur Kapadze tomonidan yiğinga jalb etilgan futbolçilarning röyxati:

Maʼlumot uçun, Özbekistonning BAAga qarşi bahsi Abu-Dabida şahridagi “Ol Nahayon” stadionida bölib ötadi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan 21:00 da start oladi. Qatarga qarşi öyin esa 10 iyun kuni Toşkent vaqti bilan 18:45 da ötkaziladi.
BAA – Özbekiston uçraşuvini avstraliyalik Şon Evans boşqarib boradi, unga qanotlarda hamyurtlari Jorj Lakrindis va Ouen Goldrik yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Jonatan Barreyro, VAR'da esa Aleksandr King işlaydi.
Şuningdek, Özbekiston – Qatar uçraşuvi xitoylik hakamlar brigadasiga işonib topşirilgan. Boş hakam – Ma Ning, unga qanotlarda Joyu Fei va Jang Çeng yordam beradi. 4-rasmiy hakam Jin Jingyuan, VAR'da esa Fu Ming faoliyat olib boradi.
Hozirda Özbekiston milliy terma jamoasi “A” guruhidan örin olgan va 8 ta turda 17 oçko jamğargan holda 2-örinni egallab turibdi. BAAda 13, Qatarda 10 oçko bor hamda mos ravişda 3 va 4-örinlarni band etgan. Amirliklarga qarşi öyindagi durang ham Özbekiston terma jamoasini Jahon çempionatiga olib çiqadi.









