Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) argentinalik hujumçi Lionel Messini barça davrlarning eng yaxşi futbolçisi deb eʼtirof etdi. Bu haqda federatsiya tomonidan tuzilgan reytingda keltirilgan.
Reytingda ikkinçi örinni braziliyalik afsona Pele egalladi, uçinçi poğonaga yana bir argentinalik futbolçi Diyego Maradona joylaştirildi.
Messining eng aşaddiy raqobatçisi, futbol tarixidagi rasmiy öyinlarda eng köp gol urgan portugaliyalik hujumçi Kriştianu Ronaldu bu röyxatda törtinçi örindan joy oldi.
Şuningdek, kuçli önlikdan quyidagi futbolçilar ham örin oldi:
- Yoxan Kroyff (Niderlandiya) – 5-örin;
- Ronaldo (Braziliya) – 6-örin;
- Zinedin Zidan (Frantsiya) – 7-örin;
- Frants Bekkenbauer (Germaniya) – 8-örin;
- Alfredo Di Stefano (Argentina/Kolumbiya/Ispaniya) – 9-örin;
- Ronaldino (Braziliya) – 10-örin.

Şu bilan birga, SSSR terma jamoasi va Moskvaning “Dinamo” klubining sobiq darvozaboni Lev Yaşin IFFHS talqiniga köra barça davrlarning eng yaxşi darvozaboni deb eʼlon qilindi.
IFFHS tuzgan reytingda ikkinçi örinni italiyalik Janluiji Buffon, uçinçi örinni esa germaniyalik Manuel Noyer egalladi.
Kuçli önlikdan şuningdek, ispanlar Iker Kasilyas (4-örin) va Rikardo Samora (9), ingliz darvozaboni Gordon Benks (5), çex Petr Çex (6), italiyalik Dino Dzoff (7), nemis darvozabonlari Zepp Mayer (8) va Oliver Kan (10) ham örin oldi.
Maʼlumot uçun, Lev Yaşin futbol tarixida darvozabonlar orasida “Oltin töp” (1963 yilda) mukofotini qölga kiritgan yagona futbolçi sanaladi. FIFA tomonidan u 20-asrning eng yaxşi darvozaboni sifatida ham tan olingan.
Yaşin butun futbolçilik faoliyatini Moskvaning “Dinamo”sida ötkazgan. U SSSR terma jamoasi safida 74 ta öyinda maydonga tuşgan, 1956 yilgi Olimpiya çempioni va 1960 yilgi Yevropa çempionati ğolibi bölgan.









