Turkiyaning Seyitgazi tumanidagi qazişma işlari davomida taxminan 5 ming yillik non topildi. Uşbu non xamirturuş va boşqa moddalar bilan birga qayta tiklanib, sotuvga qöyildi. Bu haqda “Turkiye Gazetesi” xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, 1996 yilda boşlangan qaziş işlarida ilk bronza davriga oid köplab madaniy yodgorliklar, hayvon suyaklari, miloddan avvalgi 3 ming yillikka oid toş sanduka va qömloq qabr topilgan. Bu yerda “Anadolu” hududidagi ilk şaharsozlik izlari ham aniqlangan.
Şuningdek, uşbu qazişmalarda pişirilgan non topilgan. Tahlillar uşbu nonning miloddan avvalgi 5 ming yilga taalluqli ekanini tasdiqlagan.
“Bu topilgan non – ilk mayalanib pişirilgan töliq şakldagi non namunasidir. U 2,5 santimetr qalinlikda, 12 santimetr kenglikda, butun holda topilgan. Bu juda noyob topilma. Ilgari miloddan avvalgi 6 ming 500 yillikka oid pişirilmagan non namunasi topilgan edi, ammo bu pişirilgan birinçi misol hisoblanadi. Non maxsus joyga qöyilgan”, deyiladi xabarda.
Uşbu non va boşqa non tematik yodgorliklar, xalqaro muzeylar haftaligida namoyiş etilgan.
Bildirilişiça, hozirda 5 ta arxeologik qaziş işlari davom etmoqda.









