Samarqanddagi «Maroqand» töyxonasida 30 kişidan ortiq töy ötkazildi. Töyxona karantinga yopilgan

Samarqanddagi «Maroqand» töyxonasida 30 kişidan ortiq töy ötkazildi. Töyxona karantinga yopilgan

Özbekistonga koronavirus infektsiyasining kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan oilaviy tantana, töy, maʼraka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining özida 30 kişidan köp bölmagan (faqat yaqin qarindoşlar va uşbu tuman hududida istiqomat qiluvçi boşqa qarindoşlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda ötkazişga ruxsat berilgan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati maʼlum qilişiça, 2020 yil 29 avgust kuni Samarqand şahri böyiça IIO FMB 6-son IIBga Samarqand şahridagi Maroqand köçasida joylaşgan «Maroqand» oşxonasida 40 nafardan ortiq fuqaro bilan töy-marosimi ötkazilayotganligi töğrisida xabar kelib tuşgan.

Hudud profilaktika inspektori tomonidan tergov oldi suriştiruv harakatlari olib borilganda, haqiqatan ham uşbu oşxona maʼmuriyati Respublika maxsus komissiyasining bayoni talablarini buzganligi aniqlangan.

Oşxona maʼmuriyatiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 54-moddasi 2-qismi (epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buziş) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilib, qonuniy qaror qabul qiliş uçun Samarqand viloyati Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markaziga yuborilgan.

Manba: Effect.uz

×