Italiyaning Sardiniya orolida uylar 1 yevrodan sotilmoqda, lekin...

Italiyaning Sardiniya orolida uylar 1 yevrodan sotilmoqda, lekin...

«Trampdan qoçayotgan» (uning siyosatidan norozi bölib mamlakatni tark etayotgan) amerikaliklarga Italiyaning Sardiniya orolida 1 yevroga uy sotib oliş taklif qilinmoqda.

Bu yerga köçib kelişga 30 ming kişi qiziqiş bildirdi, deb yozdi The Guardian Sardiniyaning Ollolai şahri meri Françesko Kolomboga asoslanib. Hokimning taşabbusi bilan sayt oçilib, amerikaliklarga «Sardniyadagi jannatda yevropaça taʼtil»ni rejalaştiriş taklif etilmoqda.

Taʼkidlanişiça, taşabbusdan maqsad «AQŞning siyosiy işlariga aralaşiş emas», balki 1 150 kişi yaşovçi Ollolaiga sarmoya kiritiş va iş örinlari yaratişdir.

Naşr yozişiça, loyiha boşqa mamlakatlar fuqarolari uçun ham oçiq, biroq amerikaliklardan tuşadigan murojaatlar birinçi navbatda körib çiqiladi. Dastur doirasida uç xildagi uy-joy taklif qilinadi: muayyan toifadagi fuqarolar uçun bepul uylar, 1 yevroga — taʼmirtalab köçmas mulk hamda yaşaş uçun tayyor, narxi 100 ming yevrogaça bölgan uylar.


Teglar:
×