Namanganda Forobiyning kitobi va Amir Temur askarining qiliçi topildi

Namanganda Forobiyning kitobi va Amir Temur askarining qiliçi topildi


Namangan viloyatida XI va XIV asrga oid noyob qiliç, Baqtriya va Xitoy tangalari hamda Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Şu bilan Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasidagi bebaho eksponatlar soni yana ön adadga ortdi. Mutaxassislar tomonidan XI asrga oidligi aytilayotgan qiliç jangdan çiqqan holatda saqlangan. U Axsikent temirçilari tomonidan qattiq pölatdan yasalgan. Ikkinçi aslaha esa XIV asrga oid bölib, uni Amir Temurning xos askarlari işlatgan. Baqtriya tangasi 475-600 yillarga, Xitoy tangasi esa XIX asrga oid.

“Tanganing öng tomonidagi 2 iyeroglif: Kaşi / Kaşi 喀什 - Qaşqar. Çap tomonidagi 2 iyeroglif : san / san 参 - va jir / jin 金 – oltin, deb yozilgan. Tanganing tepa qismidagi 1 iyeroglif: guang / guang 光- yoruğlik maʼnosini beradi. Past qismidagi 1 iyeroglif: yuan / yuan 圓 yumaloq, yaʼni doira degan maʼnoni beradi. Tanganinn örtasidagi teşilgan joyidagi iyeroglifni öqiş qiyin. Biroq, u şyuy 緒 iyeroglifini bildiryapti. Çunki Gaungşyuy / Guangxu 光緒 nomiga öxşayapti. U 1875-1908 yillarda Xitoyni boşqargan”, deydi tarixçi olim Şerali Qöldoşev.

Şuningdek, Abu Nasr Forobiy tomonidan yozilgan uçta nodir kitob ilm-maʼrifatga, falsafa va tarixga oid bölib, unda noyob ilm bitilgan.


Teglar:
×