Avvalroq, Toşkent şahar Sergeli tumanidagi mahallalardan birida davlat tomonidan ehtiyojmand oilalar uçun ajratilayotgan pul mojarosi aks etgan videolavhalar tarqalgan edi. Effect.uz manbasining maʼlum qilişiça, uşbu holat ayni vaqtda tegişli huquq-tartibot idoralari tomonidan nazoratga olingan.
“Sergelidagi vaziyat bizni juda xafa qildi, ammo har joyda ham bunday nopoklik işlari sodir bölmayapti. Orasidan bitta-ikkita bundaylar çiqişi aniq edi. Biz vaziyatni nazoratga olganmiz. Tekşiruv davom etyapti, batafsil maʼlumotlarni taqdim etamiz”, deydi Effect.uz manbasi.
Eslatib ötamiz, videolavhada noliyotgan fuqarolar davlat tomonidan ehtiyojmand oilalarga ajratilgan 1 mln miqdoridagi yordam puli egalariga yetib bormaganligi aytilmoqda.
Manba: effect.uz sayti









