7 oy içida 25 erkakka turmuşga çiqqan ayol qölga olindi

7 oy içida 25 erkakka turmuşga çiqqan ayol qölga olindi

Hindistonning Rajastan ştati politsiyasi tomonidan 23 yoşli Anuradhu Pasvan ismli ayol turli ştatlarda atigi 7 oy içida 25 nafar erkak bilan turmuş qurib, keyin ularni aldab qoçib ketganlikda ayblanib, qölga olindi. Bu haqda “The Economic Times” naşri xabar berdi.

Naşrga köra, ayol Bhopal şahrida hibsga olingan. Hatto unga “aldab turmuşga çiqib, qoçib ketadigan kelin” nomli laqab ham qöyilgan.

Maʼlumotlarga köra, Anuradhu özini kelin qilib körsatib, qonuniy ravişda erkaklar bilan turmuş qurgan, keyin esa bir neça kun içida ularning uyidan yöqolib, özi bilan birga tilla, naqd pul va elektron buyumlarni olib ketgan.

Uşbu firibgarlik işlari joriy yilning 3 may kuni Vişnu Şarma ismli fuqaroning şikoyat qilganidan söng foş bölgan. U vositaçilar orqali 2 lakh rupiy (taxminan 60 mln söm) tölab, öziga turmuş örtoq topişni söragan. Anuradhu joriy yilning 20 aprel kuni u bilan mahalliy sudda nikohdan ötgan, ammo 2 may kuni uydan qimmatbaho buyumlari bilan qoçib ketgan.

Dastlabki tergov maʼlumotlariga köra, Anuradhu öz firibgarlik usulini mukammal darajada işlab çiqqan. U ilgari Uttar-Pradeş ştatining Maharajganj şahrida şifoxonada işlagan va oilaviy janjaldan söng birinçi eridan ajraşgan. Keyinçalik Bhopalga köçib ötgan va u yerda nikoh firibgarligi bilan şuğullanadigan jinoyatçi guruhga qöşilgan.

Bu guruh turli platformalar orqali turmuşga çiqmoqçi bölgan “kelinlar”ni körsatib, erkaklardan 2 dan 5 lakh rupiygaça haq olgan vositaçilar yordamida işlagan.

Anuradhu Şarma uyidan qoçgaç, Bhopalda Gabbar ismli boşqa erkak bilan yana turmuş qurib, uni ham 2 lakh rupiyga aldagan. Politsiya uning qölga tuşişi uçun maxsus reja tuzgan va bir xodimni soxta kuyov sifatida yuborgan. Agentlardan biri Anuradhuning suratini yuborganida, politsiya bu imkoniyatdan foydalanib, uni qölga olgan.

Hozirda politsiya jinoyatga aloqador bölgan boşqa şaxslarni ham aniqlagan.


Teglar:
×