Öttiz yil umrini qamoqda ötkazgan, söngra aybsiz deb topilib ozod etilgan amerikalik yana qamaldi. Bu haqda CBC News xabar bermoqda.
Floridalik 65 yoşli fuqaro sudyaning ilgari adolatsiz sudlanganligi haqidagi qaroriga qaramay, 17 aprel kuni qamoqxonaga qaytdi.
Dastlab sud amerikalikni 1990 yilgi qotillikda aybdor deb topdi, ammo 2018 yilda hukm bekor qilindi. Faqat 2021 yil aprel oyida erkak hibsxonani tark etdi.
Biroq, ştat rahbariyati uning ozod qilinişiga olib kelgan qaror ustidan yana şikoyat qildi va ğalaba qozondi. Şunday qilib, ilgari xato deya eʼtirof etilgan hukm qayta tiklandi.
«Sönggi ikki yil hayotimdagi eng yaxşi yillar böldi. Oilamga qöşildim, nevaralarim bilan ilk bor tanişdim. Men özimga juda yoqadigan yangi işni özlaştirdim. Hayotimni özgartirgan yangi munosabatlarni boşladim. Qolgan yillarimni erkin va tinçlikda ötkazişni istardim», — deydi sobiq mahbus öz murojaatida.
Sudya u umrbod qamoq jazosini ötaşi kerak degan qarorga keldi.
«Men xafa emasman, taslim bölmayman», — deya qöşimça qilgan keksa mahbus.









