Qöliga pistolet olib, “gop-stop”ga çiqqan uçovlon qölga olindi

Qöliga pistolet olib, “gop-stop”ga çiqqan uçovlon qölga olindi

Qaşqadaryoda içki işlar xodimlari “gop-stop” (yöltösarlik, bosqinçilik – tahr.)ga çiqqan uç kişini qölga oldi. Ularning yonidan pnevmatik töpponça, bir dona elektroşoker qurilmasi topilgan. Bu haqda Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Gap şundaki, joriy yilning 25 dekabr kuni soat 16:30 larda Çiroqçi tumani “Qarşi-Samarqand” avtomobil yöli çetida 27 yoşli U.L. Matiz rusumli avtomaşinasida tanişi bilan gaplaşib ötirganida, ularning yoniga Nexia-2 rusumli avtomaşina kelib töxtaydi. Uşbu avtomaşinadan uç nafar nomaʼlum şaxslar tuşib, “yordam kerak emasmi, sizni bir daqiqaga mumkinmi, gapimiz bor”, deb uni özlarining avtomaşinasiga mindiradilar. Söng uni “pistolet”, “elektroşoker” qurilmasi va çopqi piçoği bilan qörqitib, hayot uçun xavfli bölgan zörlik işlatib, uning yonida bölgan 1 million 820 ming söm, 701 AQŞ dollari pullarini, bir dona narxi 2,5 mln sömlik Samsung A22, bir dona 700 ming sömlik iPhone 5s rusumli telefoni, avtomaşinasiga örnatilgan bir dona narxi 100 AQŞ dollari bölgan T99 rusumli videoregistratori, bir dona narxi 70 ming sömlik 8Gb fleşkasini va ikki dona narxi 10 ming sömlik öt oldirgiç (zajigalka)ni tortib olib hodisa joyidan yaşirinişgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv natijasida uşbu jinoyatni 20 yoşli J.E., 21 yoşli R.O. va 24 yoşli A.S. sodir etgani aniqlanib, ulardan bir dona pnevmatik töpponça (öqlari va gaz balonçalari bilan), bir dona elektroşoker qurilmasi, bir dona T99 rusumli videoregistrator, bir dona Samsung A22 va bir dona iPhone 5s rusumli telefon apparatlari, 1 million 196 ming söm pullar, bir dona ryukzak sumka hamda bir juft qölqop aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Çiroqçi tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan J.E., R.O. va A.S.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlari (bosqinçilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, gumon qilinuvçilar protsessual tartibda uşlanganlar.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

×