Geosiyosiy va geoiqtisodiy ziddiyatlar, mintaqaviy nizolar va iqlim özgarişi oqibatlarining kuçayişi barça mamlakatlar uçun katta sinov bölmoqda. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun, 21 may kuni Vengriya poytaxti Budapeşt şahrida bölib ötgan Turkiy Davlatlar Taşkiloti davlat va hukumat rahbarlarining norasmiy sammitidagi nutqida söz oçdi.
“Bugungi sammitimiz şiddat bilan özgarayotgan global vaziyat va oldindan aytib bölmaydigan murakkab jarayonlar şaroitida ötmoqda”, deydi sözi avvalida Mirziyoyev.
U turkiy davlatlar rahbarlarini dolzarb muammolar yeçimi böyiça umumiy yondaşuv va pozitsiyalarini kuçaytirişga çaqirdi.
Şavkat Mirziyoyev yana bir bor eng oğriqli muammolarga xalqaro huquq meʼyorlari, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Nizomi asosida yeçim topiş zarurligi haqida gapirdi.
“Ukraina atrofidagi vaziyatni diplomatiya va muzokaralar yöli bilan hal etişga qaratilgan amaliy saʼy-harakatlarni qöllab-quvvatlaymiz. Hurmatli Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Janobi Oliylarining bu boradagi munosib hissasini alohida eʼtirof etmoqçiman”, deydi Şavkat Mirziyoyev.
Şuningdek, Özbekiston rahbari Ğazoda sulh bitimining buzilişi va harbiy harakatlarning qaytadan boşlanişi barçani çuqur taşvişga solayotganini bildirdi.
“Toki “Ikki xalq uçun – ikki davlat” tamoyili röyobga çiqmas ekan, Falastin-Isroil nizosining adolatli yeçimini topiş mumkin emas”, deydi Prezident.
Şuningdek, u yana Afğoniston masalasiga töxtaldi. Mirziyoyevning fikriça, global va mintaqaviy xavfsizlik haqida söz borganda, Afğonistondagi murakkab vaziyatni inobatga oliş va unga birgalikda yeçim topiş lozim.
“Afğoniston böyiça qöşma bayonot qabul qilinayotgani tuzilmamizning bu masalaga jiddiy eʼtibor qaratib kelayotganidan dalolat beradi”, deydi u.









