Mirziyoyev Özbekistonda kutilayotgan yangi xavf haqida gapirdi

Mirziyoyev Özbekistonda kutilayotgan yangi xavf haqida gapirdi

Özbekistonda jon boşiga suv bilan taʼminlaniş darajasi 25 foizga, qişloq xöjaligi ekinlari hosildorligi esa 40 foizga kamayişi kutilmoqda. Bu xavf haqida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ilk bor 19 sentyabr kuni bölib ötgan BMT Boş Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida söz oçdi. 

Davlat rahbari hozirgi vaqtda dunyoda keskin ekologik vaziyat kuzatilayotgani, sayyora miqyosida uçta inqiroz – iqlim özgarişi, bioxilma-xillik yöqolişi va atrof-muhit ifloslanişi kuçayib borayotganini urğuladi. 

Ana şunday murakkab şaroitda Orol dengizi fojiasiga qarşi kuraşni davom ettirayotgan Markaziy Osiyo iqlim özgarişlari oldida eng zaif mintaqalardan biriga aylanib borayotganini afsus bilan taʼkidladi. 

“Global muammo bölgan Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etiş yölida Özbekiston öz imkoniyatlari darajasida harakat qilmoqda. Sönggi yillarda Orol dengizining qurigan tubida 1,7 million gektar maydonda qurğoqçilikka çidamli ösimliklardan iborat yaşil hududlar barpo etildi. Bu saʼy-harakatlarimizni davom ettiriş uçun xalqaro hamjamiyatning qöllab-quvvatlaşi juda muhim”, deydi Mirziyoyev.

Mirziyoyevning keltirişiça, keyingi 30 yilda mintaqada havo harorati bir yarim gradusga kötarilgan. Bu – dunyodagi örtaça isişdan ikki karra köpdir. 

“Oqibatda muzliklar umumiy maydonining qariyb uçdan bir qismi yöqolib ketdi. Uşbu tendentsiya saqlanib qolsa, yaqin yigirma yilda mintaqamizdagi ikkita yirik daryo – Amudaryo va Sirdaryo oqimi 15 foizga qisqarişi mumkin. Jon boşiga suv bilan taʼminlaniş darajasi 25 foizga, qişloq xöjaligi ekinlari hosildorligi esa 40 foizga kamayişi kutilmoqda.
Agar öz vaqtida taʼsirçan çoralarni körmasak, uşbu muammolar oqibatlari mintaqamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka jiddiy putur yetkazadi”, deydi Şavkat Mirziyoyev.

Özbekiston Prezidenti Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibining Suv resurslari böyiça maxsus vakili lavozimi taʼsis etilişini qöllab-quvvatlaşini bildirdi. 

“Markaziy Osiyo suvni tejaydigan texnologiyalar platformasini yaratiş jarayonida “Birlaşgan Millatlar Taşkiloti – suv resurslari” mexanizmini işga solib, eng ilğor texnologiyalarni jalb etiş va tatbiq qiliş tarafdorimiz”, deydi Prezident.

Şuningdek, u, iqlim özgarişlari bilan boğliq tahdidlarning oldini olişga qaratilgan “Markaziy Osiyo iqlim muloqoti”ni joriy etişni taklif qildi.

“Biz Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining “Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarşisida: umumiy farovonlik yölida hamjihatlik” rezolyutsiyasini qabul qiliş taşabbusini ilgari suramiz. Uning asosiy mazmunini kelgusi yil Samarqandda bölib ötadigan xalqaro iqlim forumida muhokama qilişni taklif etamiz.
Şu örinda taʼkidlaşni istardimki, Özbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarini iqlim özgarişlariga moslaştiriş, uglerod neytralligiga erişiş va “yaşil” energetika uluşini keskin oşiriş biz uçun strategik vazifa bölib qoladi”, deydi Prezident Mirziyoyev. 


Teglar:
×