Şavkat Mirziyoyev benzin va avtoraqamlar haqida gapirdi

Şavkat Mirziyoyev benzin va avtoraqamlar haqida gapirdi

Prezident Şavkat Mirziyoyev bugungi yiğilişda oçiq va davlat iştirokisiz bölayotgan savdolar haqida gapirib, ularning foydali tomonlariga töxtalgan.

«Birjaga öz mahsulotlarini qöygan yirik korxonalar oçiq-oşkora savdolar hisobiga ötgan yilning özida 8 trillion söm qöşimça daromad qilgani taʼkidlandi. Ilgari turli sxemalar orqali korruptsiya bölib, daromadlar ayrim «örtakaşlar» çöntagida qolar edi.

Misol uçun, bir yil avval benzinda davlat taqsimoti bekor qilinib, erkin birja savdosiga qöyilgani hisobiga bugungi kunda eng çekka «zapravkalar»da ham sifatli benzin bor. Yoki ötgan uç yilda birja maydonçasida avtoraqamlarni sotiş hisobiga byudjetga 1 trillion söm qöşimça tuşum taʼminlandi.

Eng muhimi, bu sohalardagi defitsit, korruptsiya, taniş-bilişçilik yöq böldi. Şu bilan birga, birja savdolarini taşkil etiş, mahalliy tadbirkorlarning iştirokini kengaytiriş borasida hali tizimli muammolar mavjud.

Misol uçun, birja savdolarining 85 foizini 45 turdagi yuqori likvidli mahsulotlar taşkil etmoqda. Sönggi yillarda işlab çiqarilişi keng yölga qöyilgan tekstil, ipak, çarm, kabel mahsulotlarining birja savdolaridagi uluşi past», degan davlat rahbari.

×