Yaponiyada issiqlik sabab aholi suv tölovidan ozod qilinadi

Yaponiyada issiqlik sabab aholi suv tölovidan ozod qilinadi

Joriy yilning yoz oylarida Yaponiya poytaxti Tokio şahri aholisiga suv uçun olinadigan asosiy kommunal tölovlar bekor qilinadi. Bu haqda “The Mainichi” xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, uşbu çora ekstremal issiqlikning salbiy taʼsirini kamaytiriş maqsadida amalga oşirilmoqda.

Buning uçun mahalliy hokimlik tomonidan 36 milliard iyena (taxminan 250 million dollar) ajratilgan va bu tört oy davomida amal qiladi.

Tokio Soğliqni saqlaş byurosi maʼlumotiga köra, ötgan yili issiq urişi oqibatida şaharda rekord darajadagi 263 kişi vafot etgan. Qurbonlarning köpçiligi konditsionerdan foydalanmagan yoki yuqori xarajatlar sababli uni yoqmagan.

Tokio gubernatori Yuriko Koike bu çoralar insonlarning salomatligi uçun juda muhimligini taʼkidlagan.

“Odamlar yaşaş xarajatlaridan xavotir olib, konditsioner işlatmay qöyişidan xavotirdamiz. Şuning uçun ularga kommunal tölovlarda qanday yordam berişimizni öyladik va bu yengillikni joriy etdik”, degan Koike.


Teglar:
×