«Nima uçun yöq gazga pul tölayapmiz?» Mahalladagi «zapravka» sabab aholi xonadonlarida gaz bosimi tuşib ketmoqda

«Nima uçun yöq gazga pul tölayapmiz?» Mahalladagi «zapravka» sabab aholi xonadonlarida gaz bosimi tuşib ketmoqda

Mirzo Uluğbek tumanidagi «Temuriylar» mahallasida «zapravka» sabab aholi xonadonlarida gaz bosimi tuşib ketgani aytilmoqda. Tuman gaz xodimlari esa gaz kelişini aytib, iş vaqtidan keyin qönğiroqlarga javob bermayapti. Toşkentdagi şoxobçalar oldida esa içki işlar xodimlari navbatçilik qilişni boşladi.


Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek (ilgari Toşkent viloyatining Qibray) tumanidagi «Temuriylar» MFYda yangi oçilgan «zapravka» sabab aholi xonadonlarida gaz bosimi tuşib ketgani aytilmoqda. Şoxobça şu kunlarda aholi tilida 2519 deb ataluvçi çorrahadan kirganda, «5-Avtobus saroyi» yerining bir qismida bunyod etilgandi.

Yakşanba kuni soat 11:00 lar atrofida haydovçilar bilan suhbatda «zapravka» işçilari şu mahallada istiqomat qiluvçi aholi şanba kuni tegişli taşkilotlarga şikoyat qilgani uçun işlay olmayotgani, aks holda 24 soat ham faoliyat yuritgan bölişini aytişdi.

Telegram`dagi «Temuriylar» mahallasi tomonidan oçilgan guruhda fuqarolar gas bosimi pastligi va uylar isimayotganidan şikoyat qilişyapti.

Guruh aʼzolaridan birining fikriça, bosim pasayişiga şoxobça mahallaning gaz tarmoğiga ulangani sabab bölgan: «Menga tuman gazda işlaydigan odam ["zapravka"] mahallani gaz trubasiga ulangan, kattalarning (mansabdorlar nazarda tutilmoqda — tahr.) xabari bor, deb aytdi».

«Hozir özi şamollaş köp. Qaysi xonadonga kirmang yo ukol olayapti, yoki tabletka içib ötiribdi. Köpçilik yoş bolalar yötalib, aksirib yurişibdi. Mana qor ham yoğa boşladi. Meni «kotyol»im gaz pastligidan öçib qoldi», — deydi ayollardan biri.


«Nevaralarim endi tuzalib, boğça va maktabga çiqişgandi. Şundan yana xavotirdaman. Çunki keçasi bilan yana yötalib çiqişdi», — deydi yana bir ayol.

«Qiş kirgani buyruq beradigan insonning esidan çiqqan şekilli. Şu odamga telefon qilib, qiş keldi, qor yoğayapti, deb eslatiş kerak», — deya kinoya qilganlar ham böldi.

Ulardan biri quyidagiça fikrni bildirgan: «Bizning Özbekistonda [muammoni] hayqiriqlar bilan hal etiş osonroq. Uşbu muammoni jamoatçilik eʼtiboriga yetkaziş kerak. Balki, xokimlar „zapravka“ işlab turişidan manfaatdordir, şuning uçun jim bölsa kerak».

4 dekabr kuni soat 20:00 lar atrofida guruhda quyidagiça fikr-mulohazalar bildirilgan.

«Örtoqlar gaz kelarmikan, kim biladi? Uylarimiz juda ham sovib ketdi. Bolalarimizning kasal bölmasligi uçun nima qilişimiz kerak? Çaqaloqlarçi?», — deydi fuqarolardan biri.

Ikkinçisi uning gapini tasdiqlab şunday deya qöşimça qilgan: «Hammamizniki ham sovib ketdi. Biz tuman gazga telefon qildik. Gaz soat 18:00—19:00 larda böladi dedi. Mana soat 20:00 dan oşdi, telefonni kötarmayapti».

«Nima uçun [yöq] gazga pul tölayapmiz? Yoki havogami? Yemay, içmay, kommunal xizmatlarga tölov qilamiz va mana evaziga. Qora nonga qornimiz töyar, öçirib qöymasin deb, tölovlarni vaqtida tölaymiz. Qani vijdon, qani insofgarçilik?», — deya savol bilan yuzlangan mahalladoşlardan biri.

Mahalla raisi mazkur holat nazoratga olinganligi hamda tegişli taşkilotlarning xabari borligi, ozgina sab qilib turilsa, vaziyat yaxşi tomonga özgarişini taʼkidlagan.

Yana kimdir duşanba kuni vaziyat özgarişiga umid bildirgan: «Bugun, keça dam oliş kunlari edi. Köp rahbarlar Samarqandda edi. Ertaga respublikada bosim kötariş böyiça buyruq berilsa, kerak».

«Gazeta.uz» muxbiri soat 21:45 da gaz «zapravka» oldiga borganida şoxobça yopiqligi va turnaqator navbatlar ham yöqligiga guvoh böldi. Qolaversa, içki işlar xodimlari navbatçilik qilayotganiga guvoh böldi.

Ularning sözlariga köra, poytaxt böylab, 3 kunga gaz şoxobçalari faoliyati töxtatilgan. Bu muddat içida esa tegişli qarorlar qabul qilinadi va şunga köra keyin harakat aniq böladi. Qolaversa, poytaxtdagi «zapravka»lar tungi vaqtda yaşirinçi işlamasligi uçun içki işlar xodimlari navbatçilik qilib çiqadi.

Keçga yaqin gaz quyiş şoxobçasi faoliyati töxtatilgan. Biroq, aholi vakillari xonadonlarda gaz bosimi hanuz pastligini aytişmoqda.

Yakşanba kuni soat 22:29 da şahardagi gaz yetişmovçiligi yuzasidan poytaxt hokimligi bayonot bilan çiqdi. Unda taʼkidlanişiça, kommunal xizmatlar mavjud gaz zaxirasini barça isteʼmolçilar orasida teng taqsimlaşga urinişiga qaramay, resurslar yetişmayapti.

«Iloji boriça köproq xonadonlarni gaz va issiqlik bilan taʼminlaş maqsadida, jamoat transport vositalariga xizmat körsatadigan şohobçalardan taşqari, qolgan barça avtomobillarga gaz quyiş şohobçalari vaqtinçalik yopilmoqda», — deyiladi xabarda.

×