200 mln yillik jağ: olimlar yangi pterozavr turini kaşf etdi

200 mln yillik jağ: olimlar yangi pterozavr turini kaşf etdi

Olimlar pterozavrning yangi turini aniqladi. Uşbu qanotli sudraluvçi dinozavrlar bilan bir davrda yaşagan va taxminan 209 million yil avval hayot keçirgan. Tadqiqot PNAS (Proceedings of the National Academy of Sciences) ilmiy jurnalida çop etilgan.\

Qayd etilişiça, u Şimoliy Amerikada topilgan eng qadimiy pterozavr hisoblanadi. Uning jaği 2011 yilda topilgan bölsa-da, faqat zamonaviy texnologiyalar yordamida uşbu qoldiqlar ilgari nomaʼlum bölgan yangi turga tegişli ekani aniqlanişiga imkon bergan.

Tadqiqotlarga Vaşingtondagi Smitson tabiiy tarix milliy muzeyi olimlari rahbarlik qilgan. Yangi turga Eotephradactylus mcintireae degan nom berilgan – bu “tong maʼbudasi kulrang qanot” degan maʼnoni anglatadi. Bu nom bir tomondan yunon maʼbudasi Eosni eslatadi, boşqa tomondan vulqon kulini. Aynan öşa kul suyaklarni qadimgi daryo özanida saqlanib qolişiga yordam bergan.

Uşbu qoldiq Çinle formatsiyasining yuqori qatlamlarida topilgan va uni muzey volontyori, paleontolog Syuzann Makintayr aniqlagani bois, tur nomining ikkinçi qismi unga atalgan.

“Topilmadagi eng hayajonli jihat – jağdagi tişlar hali ham joyida bölişi edi. Şu sababli, bu hayvonni aniqlaş osonroq böladi”, deydi Makintayr.

Tadqiqot hammuallifi doktor Ben Kligman tuşuntirişiça, “Trias davri pterozavrlarining suyaklari juda mayda, yupqa va köpinça içi böş bölgani uçun ular oson yemiriladi va töliq qotmaydi”.

U uşbu qoldiqlar bilan 2018 yildan buyon şuğullanmoqda. Dastlab olim topilgan suyaklar pterozavrga tegişli ekani borasida şubhalangan, çunki ilgari bu qitʼada faqat bitta qadimgi davr pterozavri aniqlangan va heç qaçon tub çökindilarda topilmagan.

Ammo “jağni diqqat bilan örganganimda barça şubhalar yöqoldi – maxsus tişlar va jağ tuzilmasi bu pterozavr ekani haqida şubhasiz dalil edi. Eng qiziq tomoni bu qadar nozik va kiçik jağ daryo toşlari harakatidan yemirilmasdan qanday qilib töliq saqlangan? Demak, u mutlaqo noyob şaroitda qotgan”, degan Kligman.

Taxminan 200 million yil avval hozirgi Petrifayd-Forest milliy boği hududidan qadimiy daryo oqib ötgan. Uşbu daryo asta-sekin hayvonlarning suyaklarini, tangaçalarini va boşqa izlarini çökindi qatlamlar ostiga kömib, asrab qolgan. Bu daryo qadimgi Pangea materigining markaziy qismidan ötgan.

Topilgan pterozavr jaği şu hududda aniqlangan 1200 dan ortiq qoldiqlarning faqat bittasi. Bu yerda baliqlar suyaklari, tişlari, tangaçalari hamda koprolitlar (qotgan najaslar) ham topilgan.

“Endilikda biz uşbu qadimiy daryo qatlamlarida pterozavr suyaklarini ajratib olişga qodir ekanmiz, demak, dunyoda boşqa joylarda ham şunday triass davri çökindilari bölişi va ular ham pterozavr qoldiqlarini saqlayotgan bölişi mumkin,” deydi doktor Kligman.

Olimlarning fikriça, topilgan joy qadimgi ekotizimning “muzlab qolgan onini” ifodalaydi. Bu yerda hozirgi zamon hayvonlari ajdodlari (masalan, qurbaqalar, toşbaqalar) dinozavrlar bilan yonma-yon yaşagan.

Kligmanning sözlariga köra, bu hudud 200 million yil avvalgi evolyutsion özgarişning isboti hisoblanadi.

“Biz keyinçalik hukmron bölib ketgan hayvonlar guruhi bilan birga, yöq bölib ketgan qadimiy turlarni ham birga körişimiz mumkin”, deydi u.

Bu topilma pterozavrlar evolyutsiyasiga ham yorqin nur taşlaydi. 150 dan ortiq pterozavr turlari oçilgan bölsa-da, ular içida Şimoliy Amerikadagi trias davri vakillari atigi ikkitagina edi.


×