Ijtimoiy tarmoqlarda «Namangan viloyati, Norin tumanida bölganligi aytilayotgan uşbu piçoqlaşuv - pulga xöroz uruştiradigan qimorbozlar örtasida yuzaga kelgan bölişi mumkin» izohi bilan tarqalgan video yuzasidan Namangan viloyati IIB Axborot xizmati rasmiy munosabat berdi.
2021 yil 30 iyulʼ kuni soat 12:40 larda, Norin tumanida yaşovçi, 1992 yilda tuğilgan fuqaro B.N., Norin tumanida joylaşgan tirik baliqlar sotiş dökoni oldida şu tumanda yaşovçi tanişi, 1992 yilda tuğilgan fuqaro O.V. bilan örtalaridagi kelişmovçilik sababli avtomaşina içida özaro janjallaşib, yonida bölgan oşpiçoq bilan çap oyoq boldir sohasiga bir marotaba urib örtaça oğir tan jarohati yetkazgan.
Uşbu holat böyiça Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 30 iyulʼ kuni Öz.R JKning 105-moddasi 2-qismi «m» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, B.N.ga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi extiyot çorasi qöllanilgan.
Jinoyat işi doirasida mazkur holat iştirokçilarini qimorga xöroz uruştiriş bilan şuğullanişlari haqidagi maʼlumot mavjud emasligi sababli, tergov jarayonida uşbu holat, tergov yöli bilan tekşirilib huquqiy baho beriladi.
Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari tomonidan uşbu fuqarolarni qimorbozlar deya taʼriflaşi uçun avvalo isbot va dalil bölmoği lozim. Şu örinda xabar tarqatayotganda xabarda berilgan izohlar aniq faktlarga asoslangan ekanligiga işonç hosil qilgaç, ommaga eʼlon qilişlarini sörab qolamiz. deyiladi xabar sönggida.









