AQŞda ikki boşli ilon aniqlandi

AQŞda ikki boşli ilon aniqlandi

AQŞning Kaliforniya ştatida joylaşgan jonivorlarni parvarişlaş markazi — East Bay Vivarium ikki boşli ilon dunyoga kelgani aniqlandi. Bu haqda Popular Science xabar berdi.

Muassasa xodimlari 7 oy oldin inkubatordan ilon bolasini olganida u ikki boşli ekanini aniqlagan. Uşbu turdagi ilonlar AQŞning ğarbiy qismida yaşaydi va yarim çöllarda, siyrak örmonlarda, şuningdek, daryo böyidagi butazorlarda hayot keçiradi.

Lampropeltis californiae ilonlarining uzunligi 1,5 metrgaça yetadi va odamlarga xavf tuğdirmaydi. Ular kaltakesaklar, kemiruvçilar va boşqa ilonlar bilan oziqlanadi.

Tuğilgan ilon esa siam egizaklarining aniq namunasi bölib, bunda ikki bola birga tuğiladi va ularning tanalari birikkan böladi. Lekin ayrim içki aʼzolari alohida böladi. Ammo ikki boşli ilon holatida bitta töliq işlaydigan içki organlar bor. East Bay Vivarium xodimlarining aytişiça, ikkinçi boş nafas oladi, atrofga qaraydi, tilini çiqaradi va agar nimadir bilan tegilsa, ğazablanadi, biroq oziqlanmaydi. Ilon 7 oydan beri muvaffaqiyatli yaşab kelmoqda.



Ilon ovqatlaniş uçun dominant boşdan foydalanadi, ikkinçisi esa ozuqaga deyarli qiziqmaydi. Siam egizaklarining yaşab qolişi juda kam uçraydigan hodisa. Hatto tuğilgan taqdirda ham ular uzoq yaşamaydi. Çunki bunday holatlarda ikkita yurak, ikkita öpka va ikkita ovqat hazm qiliş tizimi bölişi mumkin — bu organlar özaro raqobatga kirişadi yoki bir-birini qöllab-quvvatlaşga majbur böladi.

“Agar bu ilonda ikkita faol içki tizim bölganida, u allaqaçon nobud bölgan bölardi”, deydi xodimlar. Ularning aytişiça, agar ilon bir yoşga yetgunça yaşab qolsa, uni boşqa, doimiy joyga köçiriş masalasi körib çiqiladi.


Teglar:
×