Joriy yil 30 iyundan boşlab vizasiz tartibda Rossiyaga borayotgan çet el fuqarolari “Gosuslugi RuID” mobil ilovasi orqali oldindan röyxatdan ötişi va QR-kod olişi şart böladi. Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasining konsullik bölimi bu haqdagi ogohlantiriş bilan çiqdi.
Qayd etilişiça, QR-kodni çegaradan ötişda taqdim etiş talab etiladi.
Röyxatdan ötiş uçun:
- şaxsiy kabinet yaratiş;
- fotosurat va şaxsiy maʼlumotlarni yuklaş;
- Rossiyada böliş muddatini körsatiş kerak.
Ariza safardan kamida 72 soat oldin berilişi lozim.
Agar keliş zarurati tösatdan (masalan, oğir kasallik yoki yaqin qarindoş vafoti) paydo bölsa, arizani 4 soat qolganda ham topşiriş mumkin.
Quyidagilar röyxatdan ötişdan ozod qilinadi:
- Belarus fuqarolari;
- 6 yoşgaça bölgan bolalar;
- viza, vaqtinçalik yoki doimiy yaşaş ruxsatnomasiga ega şaxslar.
6 yoşdan 18 yoşgaça bölgan bolalar uçun arizani ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari topşiradi – ularda ham şaxsiy röyxatdan ötiş kodi bölişi şart.









