Rossiyaga borayotgan Özbekiston fuqarolaridan xavfsizlik çoralari talablarini inobatga olgan holda harakatlaniş söraldi. Bu haqda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, sönggi kunlarda Rossiya Federatsiyasi aeroportlarida mamlakat hududiga kirib borayotgan fuqarolardan hujjatlarining bir neça soatlab tekşiriş holatlari kuzatilgan va bu öz navbatida bir qator muammolarni yuzaga keltirayotgani böyiça murojaatlar kelib tuşgan.
“Rossiya böylab xavfsizlik çoralarining kuçaytirilgani munosabati bilan, uşbu davlatga borayotgan, mamlakat hududida bölib turgan yoki mamlakatdan çiqib ketayotgan yurtdoşlarimizdan xavfsizlik çoralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanişi söraladi. Şuningdek, Rossiya Içki işlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali mamlakat hududiga kiriş uçun taqiq bor yoki yöqligini tekşirib, şundan söng Rossiyaga boriş tavsiya etiladi”, deyiladi xabarda.









