Afğonistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati TikTok va boşqa ijtimoiy tarmoqlarning foydalanuvçilarini hibsga olişni boşladi. Bu haqda “Khaama Press” xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, “Tolibon” muvaqqat hukumatining ezgulikni tarğib qiliş va yovuzlikning oldini oliş vazirligi vakili Saif ul-Islom Hayber ikki TikTok foydalanuvçisining tavba qilişga majburlangan videolarini eʼlon qilgan.
Ulardan biri – maşhur bloger Harun Pakora. U videoda “öz qilmişlarini tan olib”, TikTok’da ayollar bilan muloqot qilgani uçun hibsga olinganini aytgan. Şu bilan birga, bloger ayollar bilan boğlanişni töxtatişga vaʼda bergan. Hibsga olingandan keyin blogerning soçi majburan qirqilgan.
Qolaversa, yana bir holatda TikTok’da komedik jonli efirlari bilan tanilgan Şir Ali Mobarez ham hibsga olingan. U “ijtimoiy tarmoqlarda nomaqbul xatti-harakatlar” qilişda ayblangan.
Afğonistonning axloqni nazorat qiluvçi vazirligi joriy yilning 11 may kuni ijtimoiy tarmoqlardan noaxloqiy va noqonuniy maqsadlarda foydalaniş yuridik javobgarlikka olib kelişi haqida rasman ogohlantirgan.









