Joriy yil oxirigaça Afğonistonda töyib ovqatlanmaslik oqibatida kamida 1 million bola halok bölişi mumkin. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti rasmiy vakili Margaret Xarris maʼlum qildi.
“Afğonistonda töyib ovqatlanmaslik muammosi ösişda davom etmoqda. 5 yoşgaça bölgan 3,2 million bola yil oxirigaça töyib ovqatlanmasligi mumkin. Ulardan kamida 1 millioni jiddiy töyib ovqatlanmaslikdan öliş xavfi ostida”, deydi hozir Afğonistonda bölib turgan Xarris.
Uning sözlariga köra, JSST Afğonistonning 23 viloyatidagi 47 ta tibbiyot muassasalariga bolalardagi töyib ovqatlanmaslikni davolaş uçun mablağ yuborgan, biroq bu “dengizdan tomçi”.
BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi rahbari Devid Bizli dunyo yetakçilarini Afğonistonda qişda halokatli oçarçilikning oldini oliş uçun şoşilinç çoralar körişga çaqirgan.
“Vaziyat siz tasavvur qilganingizdek yomon. Aslida, gap Yerdagi eng dahşatli gumanitar inqiroz haqida ketmoqda”, degan Devid Bizli. UNICEF: Afğonistonda bolalar iştirokida nikohlar soni ortmoqda
Taʼkidlanişiça, bunga koronavirus pandemiyasi va mamlakat ekinlarining katta qismini yöq qilgan kuçli qurğoqçilik ham qöşilgan. Bu Afğonistonda sönggi tört yil içida ikkinçi şunday qurğoqçilikdir.
“Mamlakat aholisining 95 foizi töyib ovqatlanmaydi, hozir esa 23 million odam ötkir oçlik tahdidi ostida qolgan. Kelgusi olti oy halokatli böladi. Bu Yer yuzidagi dözax böladi”, degan Qobulga taşrif buyurgan Jahon oziq-ovqat dasturi rahbari.
Qayd etilişiça, ğarb davlatlari Afğonistonga yordamni töxtatgan, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamğarmasi esa moliyalaştirişni vaqtinça töxtatgan. Uning qaçondan davom etişi nomaʼlum, çunki dunyoda deyarli heç kim “Tolibon” hukumatini rasman tan olmaydi.









