Afğonistonda yangi qarama-qarşilik: IŞID va “Tolibon” örtasida otişma boşlandi

Afğonistonda yangi qarama-qarşilik: IŞID va “Tolibon” örtasida otişma boşlandi

Bugun, 3 noyabr kuni Afğoniston şarqidagi Nangarhor viloyati markazi  Jalolobodda kuçli portlaş yuz berdi. Bu haqda ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda. 

Qayd etilişiça, Şabarxon oğa masjididan unça uzoq bölmagan joyda mamlakat hokimiyatini qölga kiritgan “Tolibon” aʼzolaridan birining maşinasi portlab ketgan. Hozirda qurbonlar va jarohatlanganlar haqidagi maʼlumotlarga aniqlik kiritilmoqda.

Maʼlum qilinişiça, ayni damda IŞIDning bölinmasi bölgan “Xurosondagi “Islomiy davlat” guruhi jangarilari bilan “Tolibon” harakati örtasida otişma davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, keça, 2 noyabr kuni Qobuldagi harbiy şifoxonada hamda şifoxona yonida  portlaş sodir bölgandi. Sönggi maʼlumotlarga köra, portlaş oqibatida 23 kişi halok bölgan, 50 kişi esa jarohatlangan.

×