2030 yil 1 yanvargaça parrandaçilik mahsulotlarini işlab çiqaruvçi tadbirkorlar yuridik şaxslardan olinadigan yer soliğini tölaşdan ozod etilişi belgilandi. Bu 16 may kuni qabul qilingan ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutuvçi qonunda belgilangan.
Qonunga köra, 2027 yil 1 yanvargaça Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar soğlomlaştiriş oromgohlari quyidagi soliqlarni tölaşdan ozod etiladi:
- bino va inşootlarni, yer uçastkalarini ijaraga berişdan olinadigan daromadlari böyiça – foyda soliğini;
- ijaraga berilgan obʼektlar va ular egallagan yer uçastkalari böyiça – mol-mulk soliği hamda yer soliğini.
Qonun hujjatlariga kiritilgan qöşimçalarga köra, pivo va pivo içimliklari, şuningdek, tamaki mahsulotlari bilan çakana savdo qiliş huquqi uçun yiğimlar yiğim turlari jumlasiga kiritildi.
Bunda pivo va pivo içimliklari, şuningdek tamaki mahsulotlari bilan çakana savdo qilişni boşlaganlik haqida vakolatli davlat organini xabardor qilingani töğrisida tasdiqnomaga ega bölgan yuridik şaxs hamda YATTlar uşbu yiğimlarning soliq tölovçilari deb eʼtirof etiladi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.









