Davlat xizmatlari agentligi direktori Xalilullo Turaxujayev BMW X7, Mercedes, Leksus, Hyundai, Captiva, Malibu-2, Tracker avtomobillarida «kurerlik» uçun stiker sörayotganlarga murojaat yozdi.
Aytilişiça, Aytilişiça, uşbu arizalarga ilova qilingan hujjatlarda mazkur toifadagi avtomaşinalarni haydovçilari kurer sifatida rasmiylaştirilgan iş beruvçining buyruğini taqdim qilmoqda.
«Mamlakatimizda hukm surayotgan uşbu oğir kunlarda bunday işlarni amalga oşirişga “uddaburon” tadbirkorlarimizning vijdonlari qanday qilib yöl qöymoqda ekan?
Aynan uşbu “premium-klass” maşinalar egalari virus tarqatuvçi bölib çiqsa-çi? Mayli, pul uçun hamma narsaga tayyor ekansiz, heç bölmasa, yaqinlaringiz soğligi haqida heç öylab kördingizmi? Axir bu virus “domino” effekti orqali tarqaladi-ku?
❗️Aynan Sizdek “hurmatli”lar tufayli, haqiqatdan ham oziq-ovqat, dori-darmon, don mahsulotlarini yetkazib beruvçilar tegişli ruxsatnomasini öz vaqtida ololmayapti!
Balki Sizda uyat, vijdon kabi his-tuyğular kamroq, xudbinlik esa köproqdir, lekin Sizni jinoyat kodeksidagi javobgarlikning muqarrarligi printsipi normalari ham qörqita olmaydimi? Insoniylik his tuyğulari ham şunday vaziyatda uyğonmaydimi?
❗️Biroq bitta narsani aniq bilişingizni hohlaymiz, ğarazli maqsadingiz yölida hujjatlarni soxtalaştirişga jinoiy javobgarlik muqarrardir», — deb yozgan DXA rahbari.
Izohga hojat yöq.









