Baʼzi tadbirkorlarga 50 mln sömgaça garovsiz kreditlar beriladi

Baʼzi tadbirkorlarga 50 mln sömgaça garovsiz kreditlar beriladi

«Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturlari doirasida kreditlar ajratişni takomillaştiriş hamda aholining doimiy daromad manbalarini köpaytirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Hukumat qarori (161-son, 19.04.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga köra, oilaviy dasturlar böyiça kreditlar foizi yillik 14 foizdan oşmaydi. Bunda:

- kreditlar ustuvor ravişda dasturlar böyiça avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlarga ajratiladi;

- dasturlar doirasida ilgari olgan kreditlaridan samarali foydalanib, tadbirkorligini yölga qöygan va kredit tölovlarini öz vaqtida tölagan kiçik tadbirkorlarga öz faoliyatini yanada kengaytirişi uçun mazkur kreditlardan takroran foydalanişga ruxsat etiladi.

Şuningdek:

- hokimliklar dehqon xöjaliklariga yer maydonlaridan samarali foydalaniş hamda «bir mahalla – bir mahsulot» tamoyili asosida mahsulotlar yetiştiriş va yetiştirilgan mahsulotlar bozorini topişga kömaklaşadi;

- Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi narxlar asossiz ösişining oldini oliş, yetkazib berilayotgan mahsulotlar (körsatilayotgan xizmatlar) narxlarining hududdagi içki bozor narxlariga mutanosib bölişini taʼminlaydi;

- hokim yordamçilarining kredit ajratiş böyiça tavsiya berişiga mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlarining aralaşuviga yöl qöyilmaydi.

- «marketpleys» tizimi «Ye-aktiv» axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.

Dasturlar doirasida 50 mln sömgaça garovsiz kreditlar:

- Prezident qaroriga asosan zargarlik işi yönalişi böyiça maxsus öquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, sertifikat olgan şaxslarga zargarlik buyumlari işlab çiqariş uçun zarur bölgan jihozlar va asbob-uskunalar sotib oliş uçun;

- agrar tarmoqda öz biznesini taşkil etişga kömaklaşiş, qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişda dehqon xöjaliklarining uluşini oşiriş maqsadida uzoq muddatga qişloq xöjaligiga möljallangan yer maydonlarini ijaraga olgan dehqon xöjaliklari va kiçik tadbirkorlarga ajratiladi.


×