Los-Anjelesda havo taksilari işga tuşirilişi mumkin

Los-Anjelesda havo taksilari işga tuşirilişi mumkin

2028 yilgi yozgi Olimpiya öyinlari (LA28) davomida Los-Anjelesga kelgan mehmonlar va tomoşabinlar şahar tirbandliklaridan qoçiş imkoniga ega bölişi mumkin. Taşkilotçilar rejasiga köra, ular şahar ustidan havo taksilari yordamida harakatlanadi. Bu haqda BBC xabar berdi.

LA28 taşkiliy qömitasi şahar tarixidagi uçinçi yozgi Olimpiadaga tayyorgarlik uçun masʼul taşkilot Archer Aviation kompaniyasi bilan hamkorlikni eʼlon qildi. Unga köra, Olimpiya va Paralimpiya öyinlari çoğida havo taksilari tomoşabinlarni sport obʼektlariga olib borib, qaytib olib çiqadi.

“Biz odamlarning Los-Anjeles böylab harakatlaniş uslubini özgartirmoqçimiz va Amerikadagi transport kelajagini belgilaydigan meros qoldirmoqçimiz. Bu işni boşlaş uçun eng yaxşi fursat – bu LA28 öyinlari”, dedi Archer Aviation asosçisi va boş direktori Adam Goldşteyn.

Maʼlumot uçun, havo taksilari ğoyasi avval ham köp muhokama qilingan. Jumladan, ularni 2024 yilgi Parij Olimpiadasida işga tuşiriş rejalaştirilgan, biroq bu uçuvçisiz apparatlar Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligidan zarur sertifikatni ololmagan. Şunga öxşaş vaziyat hozirda AQŞda ham kuzatilmoqda. Archer Aviation hali Federal fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi tomonidan sertifikatlanmagan. Demak kompaniya transport vositalari hali tijorat maqsadida foydalanişga tayyor emas.

Agar sertifikatlaş jarayoni Olimpiadagaça yakunlansa, havo taksilari Los-Anjelesda 10-20 daqiqalik parvozlar orqali mehmonlarni şaharning asosiy sport obʼektlari bilan boğlab beradi. Hozirça havo taksilariga çipta narxi eʼlon qilinmagan, ammo safarlarni maxsus mobil ilova orqali buyurtma qiliş imkoniyati bölişi aytilmoqda.

Maʼlumot uçun, Los-Anjelesdagi Olimpiya öyinlari 2028 yil 14 iyulda boşlanib, 30 iyulgaça davom etadi.


Teglar:
×