Avval xabar berganimizdek, bugundan respublika miqyosida oliy taʼlim muassasalarilarga kiriş imtihonlari boşlandi.
Ilk bor imtihonlar bino içida emas, oçiq joyda ötkazilyapti. Şu sababdan ob-havo injiqliklari test sinovlarining borişiga taʼsir qilişi mumkin.
Özbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasining 3-son majlisi bayoni qaroriga köra, imtihonlar davrida ob-havoning noqulayliklari kuzatilsa, test sinovlaring kuni özgartirilidigan böldi. Test kunlarini özgartiriş huquqi Davlat test markaziga berildi.
Unga köra, Davlat test markaziga test sinovlari ötkaziladigan kunlarda noqulay ob-havo şaroiti kutilgan hududlardagi test sinovlarini ötkaziş vaqti va kunini Özbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi bilan kelişgan holda özgartiriş huquqi berildi.
Şuningdek, Davlat test markazi Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlari bilan birgalikda noqulay ob-havo şaroiti kutilgan hududlarda test sinovlarini ötkaziş vaqti va kuni özgartirilganda, abituriyentlarga test sinovini ötkaziş vaqti va kuni haqida operativ tarzda xabar yetkazilişini taʼminlaydi.









