Damas taksilari halqning koriga yaragan va yaramoqda. Deputatlar Termizdagi taqiqqa munosabat bildirdi

Damas taksilari halqning koriga yaragan va yaramoqda. Deputatlar Termizdagi taqiqqa munosabat bildirdi

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik Palatasi deputatlari Abduraşid Abduqodirov va Islomjon Zokirov Termiz şahrida Damas`larga yölovçi taşiş taqiqlanganiga munosabat bildirdi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda “Damas” rusumli avtomaşinalarga Termiz şahri içida yölovçi taşiş xizmati bilan şuğullanişni taqiqlanganligi va uning oqibatida 700 dan ortiq uşbu faoliyat turi bilan şuğullanayotgan haydovçilar va uşbu xizmatlardan foydalanib kelayotgan qöplab aholi vakillarining noroziliklari aks etgan maʼlumotlar tarqalmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 yanvardagi “Aholiga transport xizmati körsatiş hamda şaharlar va qişloqlarda avtobuslarda yölovçilar taşiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-2724 sonli qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida qabul qilingan Termiz şahar xokimining qarori bilan 2019 yil 1 iyundan boşlab Termiz şahrida faoliyat yuritayotgan Damas yönalişli taksilariga berilgan litsenziyaning amal qiliş muddati tugaşi eʼtirof etilib, ularni şahar atrofida xizmat körsatişga ötkaziş hamda xarakatdan töxtatiş xisobiga yangi yönalişlarni taşkil etiş, noqonuniy faoliyat bilan şuğullanayotgan Damas yönalişli taksilariga nisbatan murosasiz böliş, javobgarlik masalasini hal etiş vazifalari belgilanibdi.

Biroq, birinçidan, ijrosini taʼminlaş nazarda tutilgan yuqorida taʼkidlangan Prezident qarorida Damas yönalişli taksilariga berilgan litsenziyaning amal qiliş muddatini tugatiş va ularga şahar içida yölovçi taşiş xizmati bilan şuğullanişni taqiqlaş haqidagi biror bir jumlaning özi yöq. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 yanvardagi PQ-2724 sonli qarori bilan töliq tanişmagan aholida, Damas yönalişli taksilariga berilgan litsenziyaning amal qiliş muddatini tugatiş va ularga şahar içida yölovçi taşiş xizmati bilan şuğullanişni taqiqlaş göyoki, “Prezident qarori bilan amalga oşirilayotgan ekan”, degan notöğri xulosa paydo qiladi. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining uşbu PQ-2724 sonli qarori bitta şahardagi 700 ga yaqin kişini işsiz qoldiriş uçun emas, balki, aynan mamlakat şahar va qişloqlarida aholi bandligi muammolarini hal etişda avtotransport xizmatlari körsatişning rolini kuçaytiriş maqsadida qabul qilinganligini ham unutmasligimiz kerak.

Ikkinçidan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş tartib-taomilini murakkablaştirişni va tadbirkorlik subʼektlariga yangi majburiyatlarni yuklaşni nazarda tutuvçi, şuningdek tadbirkorlik subʼektlari javobgarligining yangi çoralarini belgilovçi normativ hujjatda uning (yoki uning bir qismining) kuçga kirişi muddati körsatilgan bölişi kerak. Bunda normativ hujjatning kuçga kirişi muddati u rasmiy eʼlon qilingan kundan boşlab uç oydan kam bölmasligi kerak.

Uçinçidan, davlatimiz siyosati noqonuniy faoliyat bilan şuğullanayotganlarga nisbatan murosasiz bölişni emas, balki, ularni qonuniy faoliyat olib borişga ötkaziş, buning uçun mavjud qiyinçilik va tösiqlarni örganib, ularni bartaraf etiş orqali tadbirkorlarga qulay şart-şaroit yaratişga qaratilgan.

Şuni ham unutmaslik kerakki, aholiga transport xizmati körsatiş hamda şaharlar va qişloqlarda avtobuslarda yölovçilar taşiş tizimi mutlaqo qoniqarsiz bölgan vaqtlarda hamda hududlarda aynan yengil maşinalar, jumladan, Damas taksilari halqning koriga yaragan va yaramoqda.

Taksi faoliyati bilan şuğullanayotgan har bir avtomaşina, jumladan, Damas maşinalari eng kamida bitta iş örni ekanligini, eng kamida bitta oilaning qozonini qaynatayotganligini ham, şuningdek, uşbu avtomaşinalarni köpçilik aholi aynan taksi xizmatini körsatiş maqsadidagina sotib olgan va şuning uçun ham uşbu maşinalar xaridorgir hisoblanişini unutmasligimiz lozim.

Albatta, joylarda aholiga transport xizmati körsatiş hamda şaharlar va qişloqlarda avtobuslarda yölovçilar taşiş tizimini yaxşilaş zarur. Biroq, bunga şu kunga qadar faoliyat körsatib kelgan tadbirkorlarning faoliyatini taqiqlaş bilan emas, balki soğlom raqobat muhitini, qulay şart-şaroitlarni yaratiş hamda içki avtomobil yöllarining sifatli darajaga keltiriş kabi işlarni yölga qöyiş orqali erişiş lozim deb hisoblaymiz.

Yuqoridagilardan kelib çiqib, mutasaddilar tomonidan yuqoridagi masalaga öz eʼtiborlarining qaratişlarini söragan holda uşbu masalaga daxldor amaldagi qonuniy tartiblarni ham quyida havola qilib ötmoqçimiz.

Avtomobil transportida yölovçilarni va yuklarni şaharda, şahar atrofida, şaharlararo va xalqaro yönalişlar böyiça taşiş faoliyati litsenziyalanadigan faoliyat turi hisoblanadi.

Litsenziya beriş, şuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda litsenziyaning amal qilişini töxtatib turiş yoki töxtatiş, şuningdek, uni bekor qiliş va qayta rasmiylaştiriş töğrisidagi qarorlar litsenziyalovçi organlar tomonidan Özbekiston Respublikasida yölovçi va yuklarni xalqaro taşiş böyiça Özbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan, şahar, şahar atrofi, şaharlararo yölovçi va yuklarni taşiş böyiça esa uşbu agentlikning hududiy boşqarmalari tomonidan qabul qilinadi.

Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalaş bilan boğliq munosabatlarni tartibga soluvçi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalaş töğrisida”gi qonunda litsenziyaning amal qilişi quyidagi hollarda tugatiladi:

•    litsenziat litsenziyaning amal qilişini tugatiş töğrisida ariza bilan murojaat qilganda;
•    yuridik şaxs tugatilganda - tugatilgan paytdan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta taşkil etiş natijasida tugatilganda - qayta taşkil etilgan paytdan eʼtiboran, bundan uning özgartirilişi, şuningdek yangidan vujudga kelgan yuridik şaxsni davlat röyxatidan ötkaziş sanasida qayta taşkil etilayotgan yuridik şaxslarda faoliyatning ayni bir litsenziyalanadigan turini amalga oşiriş uçun litsenziya mavjud bölgan taqdirda qöşib yuborilişi mustasno; 
•    yakka tartibdagi tadbirkor davlat röyxatidan ötganligi töğrisidagi guvohnomaning amal qilişi tugatilganda; yakka tartibdagi tadbirkorning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda çeklanganda yoki u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
•    litsenziat litsenziya şartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablarini va şartlarini muntazam ravişda yoki bir marotaba qöpol ravişda buzganda; litsenziat litsenziyaning amal qilişini töxtatib turişiga olib kelgan holatlarni litsenziyalovçi organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda; litsenziyalovçi organning litsenziya beriş töğrisidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda; litsenziyaning amal qiliş muddati tugaganda.
Litsenziyaning amal qilişini tugatiş litsenziyalovçi organ qaroriga binoan amalga oşiriladi, uşbu moddaning uçinçi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
Litsenziyaning amal qilişini tugatiş uşbu moddaning birinçi qismi oltinçi - sakkizinçi xatboşilarida körsatilgan hollarda sud tartibida amalga oşiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.

Litsenziyalovçi organning litsenziyaning amal qilişini tugatiş töğrisidagi qarori litsenziatga yozma şaklda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uç kundan keçiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilişini tugatiş töğrisidagi sud qarori litsenziatga va litsenziyalovçi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Litsenziat litsenziyaning amal qilişini tugatiş töğrisidagi qarorni olgan kundan eʼtiboran ön kun içida litsenziya litsenziyalovçi organga qaytarilişi va yöq qilinişi kerak.

Litsenziyaning amal qilişini tugatiş töğrisidagi maʼlumot ommaviy axborot vositalarida, şuningdek litsenziyalovçi organning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinişi kerak.

Tugatiş töğrisidagi qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran litsenziyaning amal qilişi tugatiladi.

itsenziyalovçi organning litsenziyaning amal qilişini tugatiş töğrisidagi qarori ustidan sudga şikoyat qiliş mumkin. Sud litsenziyaning amal qilişini tugatişni asossiz deb topgan taqdirda, litsenziyalovçi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar böladi", deyiladi maqolada.Sunnatilla Abdullayev

×