Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat konstitutsiyasiga tegişli özgartiriş kiritilsa, yana davlat rahbari lavozimiga saylaniş uçun nomzodini qöyişi mumkinligini inkor etmadi. Bu haqda «TASS» xabar bergan, deydi "daryo.uz".
«Hozirça bu borada özim uçun qaror qabul qilganim yöq. Agar konstitutsiyada bunga şaroit yaratilsa, nomzodimni qöyişim mumkinligini inkor etmayman», — degan Rossiya prezidenti «Rossiya. Kreml. Putin» hujjatli filmida.
Putin konstitutsiyaga kiritilişi mumkin bölgan özgartirişlar haqida ham fikrlari bilan örtoqlaşgan.
«Uşbu voqea sodir bölmasa, tajribamdan kelib çiqib şuni aytişim mumkinki, ikki yildan keyin meʼyoriy jarayondagi iş örniga hukumatning köplab qatlamlarida örinbosarlar izlaş işlari boşlanib ketadi. Merosxör izlagandan köra işlagan afzal», – deydi Putin.
Rossiya konstitutsiyasiga özgartiriş kiritiş haqidagi umumxalq referendumi 1 iyulda bölib ötişi rejalaştirilgan. Biroq uşbu ovoz beriş jarayoni 25 iyundan boşlanadi. Mamlakatning asosiy qonuniga özgartirişlar kiritiş, jumladan, Vladimir Putinning prezidentlik muddatlarini qaytadan boşlanişiga şaroit yaratiş Rossiya davlat dumasi vakillari tomonidan maʼqullangan. Putinning özi esa hujjat fuqarolar ovoz berganidan keyin töliq maʼqullanişi va tasdiqlanişini qayd etgan.









