Toşkent şahrining Yunusobod tumanida vagon ustida selfiga tuşmoqçi bölgan ikki bolani elektr toki urdi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, uşbu holat tumanning “Jome” bozori yaqinidagi “Çuqursoy” temiryöl stantsiyasida sodir bölgan.
Keltirilgan maʼlumotlarga köra, yerdan 1 metr balandlikka kötarilgan bola katta kuçlanişdagi tok sabab kuygandan keyin vagon çetidagi zinaga osilib qolgan.
Voqea joyiga çaqirilgan tez yordam maşinasi dastlab bolalarga birinçi yordam körsatgan. Şundan keyin bolalar respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketilgan. Bildirilişiça, bolalarning biri 12, yana biri 13 yoşda bölgan. Ularda umumiy hisobda 50 foiz kuyiş jarohati aniqlangan.









