«Şer bilan selfi» dahşatli yakunlandi

«Şer bilan selfi» dahşatli yakunlandi

Hindistonda şer özi bilan selfi tuşmoqçi bölgan erkakni ğajib taşladi, deb yozadi Times of India. Suratga tuşiş uçun erkak xavfsizlik qoidalarini buzgan va yirtqiçning qafasiga kirgan.

OAV maʼlumotlariga köra, Prahlad Gujjar ismli erkak selfi qiliş uçun şerlar örasi yonidagi taqiqlangan hududga çiqqan. Ajoyib suratga oliş uçun hindistonlik bir metr balandlikdagi himoya devoridan oşib ötdi va özini yirtqiç bilan yuzma-yuz kördi. Huquqbuzar uni qaytarmoqçi bölgan hayvonot boği xodimining qiçqiriğiga ham parvo qilmadi. 

Qayd etilişiça, 12 yoşli şer darhol erkakka hujum qilgan va uni 10 daqiqa içida ğajib taşlagan. Guvohlarning sözlariga köra, Praxlad mast holatda bölgan va vaziyatning xavfliligini töliq tuşunmagan. Bundan taşqari, odamlar u şerning ğazabini keltirganini aytişmoqda.

Hayvonot boği işçilari Gujjarga yordam berişga urinib, şerni öradan çiqarib olişdi; hozirda yirtqiç izolyatsiya qilingan va veterinariya şifokorlari nazorati ostida. Şuningdek, hayvonot boğida bunday holatlar takrorlanmasligi uçun ehtiyot çoralari kuçaytirilişi maʼlum qilindi.

Avvalroq çiqindi tozalovçi yölbars foydalanuvçilar eʼtiboriga tuşgandi. 

Teglar:
×