NASA muhandisi bepul kosmik selfi xizmatini işga tuşirdi

NASA muhandisi bepul kosmik selfi xizmatini işga tuşirdi

AQŞ Milliy aeronavtika va kosmik tadqiqotlar boşqarmasining (NASA) sobiq muhandisi Mark Rober kosmosdan selfi oliş imkonini beruvçi yangi xizmatni işga tuşirdi. Uşbu loyiha mutlaqo bepul bölib, istalgan foydalanuvçi undan foydalanişi mumkin. Bu haqda Rober asos solgan kompaniya saytida maʼlumot berildi.

Kosmik selfilar “Sat Gus” nomli sunʼiy yöldoş orqali yasaladi. Uşbu yöldoş 2025 yil 14 yanvarda Kaliforniyadagi Vandenberg kosmodromidan SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi yordamida orbitaga çiqarilgan. U taxminan 600 km balandlikdagi quyi orbitada Yer atrofida aylanmoqda.

Yöldoş nomidagi “Sat” sözi satellite (sunʼiy yöldoş) atamasidan olingan, “Gus” esa Mark Rober asos solgan CrunchLabs laboratoriyasi ramziga aylangan olmaxonning ismi. Şu sababli yöldoş aynan “Sat Gus” deb nomlangan.

Xizmatning işlaş printsipi juda sodda: foydalanuvçi öz suratini maxsus saytga yuklaydi, u surat sunʼiy yöldoşdagi ekran orqali namoyon böladi. Söngra sunʼiy yöldoş kamerasi uşbu ekranni Yer fonida suratga oladi. Roberning sözlariga köra, bu usul selfining çinakam “kosmik” ekanini tasdiqlovçi haqiqiy va texnik jihatdan aniq yeçimdir – rasmda ham ekran, ham Yer şarining tasviri mavjud böladi.

Tasvirni Redwire Space kompaniyasiga tegişli Argus kamerasi oladi. Kamera 3 mm ölçamdagi obʼektiv, nurlanişdan himoyalangan optika va 4000×3000 piksel aniqlikka ega. Yoruğlik muammolarining oldini oliş uçun kamera ikkita kadr suratga oladi: biri Yerni yoritişga möljallangan, ikkinçisi esa ekran uçun. Söng bu ikki rasm HDR-formatda birlaştiriladi.

Xizmatdan 13 yoşdan katta bölgan har bir inson foydalanişi mumkin. Barça suratlar oldindan moderatsiyadan ötadi.

Quyidagilar taqiqlanadi:

  • begona insonlarning fotosuratlari;
  • maşhurlar suratlari;
  • yalanğoç, siyosiy, haqoratomuz yoki bahsli kontentlar;
  • sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan tasvirlar.

Foydalanuvçilar öz selfilari, guruh suratlari yoki hatto uy hayvonlarining rasmlarini ham yuborişlari mumkin.

Loyihaga yuklangan birinçi suratlar yoz örtalarida Yerga qaytadi. Tayyor kosmik selfini faqat maxsus yopiq havola orqali köriş mumkin böladi va u havola qidiruv tizimlarida indekslanmaydi. Sunʼiy yöldoş harakatini esa Satellite Tracker 3D kabi onlayn xizmatlar orqali real vaqt rejimida kuzatiş mumkin.


Teglar:
×