Şveytsariyada ördak ruxsat etilgan tezlikni oşirgani uçun jarima belgilaydigan radarga tuşib qoldi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.
Politsiya xabariga köra, Bern şahri yaqinida ördak soatiga 52 km tezlikda uçib ketgan, holbuki uşbu hududda 30 km/soat tezlik çegarasi amal qiladi.
Qiziq tomoni şundaki, bu holat birinçi marta röy berayotgani yöq – politsiya maʼlumotiga köra, 2018 yilda ham aynan şu joyda va şu tezlikda boşqa ördak kameraga tuşgan. Hukumat bu holatni “xuddi öşa quş yoki uning çaqqon qarindoşi” deb taxmin qilmoqda.
“Biz har yili kameralarni tekşirib çiqamiz va barça maʼlumotlar ehtiyotkorlik bilan arxivlanadi”, deya bayonot bergan politsiya.
Ofitserlar bu surat texnik manipulyatsiya mahsuli bölişi mumkinligini ham inkor etmayotgan bölsa-da, uşbu ajoyib tasodifga hazil bilan yondaşişmoqda va jamoatçilik ham buni şunday qabul qilişiga umid qilmoqda.









