Bu haqda Qaşqadaryo viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Unda taʼkidlanişiça, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filiali şifokorlari pnevmatik miltiqdan otilgan yakkaboğlik 20 yoşli qizning hayoti asrab qolingan.
Maʼlum bölişiça, öq bemor Ç.S.ning öng yelkasidan kirib, kökrak qafasi öng tomonidan ötib borib, öng öpkaning yuqori bölagini teşib ötib, yurakning perikard qavatida töxtagan. Murakkab tarzda keçgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlanib, öq olib taşlandi. Ayni paytda bemorning ahvoli qoniqarli.
Jarrohlik amaliyotini filialning malakali şifokorlari Olim Şomurodov, Şerbek Yaxşiboyev hamda Öral Şaminov amalga oşirdi.
Viloyat içki işlar boşqarmasi axborot xizmatining xabar berişiça, 2020 yil 6 iyun kuni soat 21 atrofida Yakkaboğ tumanida yaşovçi fuqaro Q.S örtoqlari bilan birga Yakkaboğ tumanida joylaşgan fermer xöjaligining baliq yetiştiriladigan köliga borib, u yerda pnevmatik miltiqdan köldagi ördaklarni ovlaş maqsadida öq uzgan, söng spirtli içimlik isteʼmol qilib, mast holatda 50 metr uzoqlikdagi köl böyida joylaşgan dala şiyponi oldida turgan, unga oldindan taniş bölmagan fuqaro Ç.S.ni miltiq durbinidan kuzatmoqçi bölib, tepkini bosib yuborgan. Oqibatda miltiq öqi fuqaro Ç.S.ning öng yelkasiga borib tekkan va unga hayot uçun xavfli bölgan oğir şikast yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkaboğ tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Q.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
ördak oviga çiqqan fuqaro pnevmatik miltiqdan 20 yaşar qizni otib qöydi









