Haydovçilar radarga tuşmaslik uçun “jasad bor” yozuvi bilan raqamlarini berkitişmoqda

Haydovçilar radarga tuşmaslik uçun “jasad bor” yozuvi bilan raqamlarini berkitişmoqda

Jizzaxda fotoradarga tuşib qolmaslik maqsadida avtomobil raqamini yaşirgan haydovçilar aniqlandi. Bu haqda YHXBB mabuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, 7 yanvar kuni Jizzax viloyati hududida joylaşgan “Manas-14” muntazam YPX maskanida xizmat olib borgan YPX xodimlari tomonidan uşbu maskandan harakatlanib ötayotgan davlat raqam belgisi ustiga “Gruz-200” yozuvi yozilgan qoğozni yopiştirib olgan Cobalt avtomobili töxtatilgan.

Haydovçi avtomobilda inson jasadini ayrim sabablarga köra olib ketayotganini aytgan. Xolislar iştirokida avtomobil saloni va yukxonasi tekşirilganda, haydovçining sözlari yolğon ekani, haydovçi yöllardagi fotoradarlarga tuşib qolmaslik, tezlikni meʼyoridan oşirib transport vositasini boşqariş maqsadida ana şunday yolğonni öylab topgani maʼlum bölgan.

Şuningdek, orqa va old davlat raqam belgisi loy bilan berkitib olingan Epica avtomobili töxtatilganda, uning haydovçisi ham xuddi Cobalt haydovçisi kabi yöllardagi fotoradarlarga tuşib qolmaslik, tezlikni meʼyoridan oşirib transport vositasini boşqariş maqsadini közlagani maʼlum bölgan.

Har ikkala avtomobil haydovçisiga nisbatan Yöl harakati qoidalarining 3-ilovasi, 7.15-bandida (transport vositasida röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilari körinişini çeklaydigan, töğri aniqlanişiga xalaqit beradigan har xil buyumlar örnatilgan va qoplamalar bilan qoplangan bölsa) belgilangan talablarni buzganliklari böyiça Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 127-moddasi 2-qismi (davlat raqam belgilarini köriş imkoniyatini çeklaydigan, ularni anglaşga tösqinlik qiladigan turli aşyolar örnatiş va qoplama surtiş) tartibida maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.

×