Nihoyat. «UzAuto Motors» narxlarni oşirgani böyiça Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi bayonot berdi

Nihoyat. «UzAuto Motors» narxlarni oşirgani böyiça Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi bayonot berdi

Bugungi kunda jamoatçilik tomonidan «UzAuto Motors» AJ tomonidan işlab çiqariladigan yengil avtomobillar narxlarining oşirilişi munosabati köplab eʼtirozlar bildirilmoqda.

Uşbu holat yuzasidan Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Birinçidan, «UzAuto Motors» AJ yengil avtomobillarni işlab çiqariş böyiça ustun mavqega ega bölib, korxonaga yillar davomida imtiyozlar va preferentsiyalar berilişiga qaramasdan, davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan korxona yetarli darajada samarali foydalanmagan.

Korxona tomonidan mahsulot tannarxini kamaytiriş yuzasidan körilayotgan çoralar samarasi past, xususan raqobatbardoşlikni oşiriş yuzasidan körilgan çora-tadbirlar natijasida mahsulot tannarxi faqatgina 2 foizga pasaytirilişiga erişilgan.

Bundan taşqari, sönggi uç yil davomida korxona tomonidan 167 ta yangi uskuna va texnologiyalar işga tuşirilgan, bu korxonada mavjud texnologiyalarning atigi 2,1 foizini taşkil qilgan, 2017-2018 yillarda yangi iş örinlari yaratilmagan.

Ikkinçidan, korxona tomonidan işlab çiqarilgan yengil avtomobillarning içki bozordagi narxlari taşqi bozordagi narxlaridan sezilarli darajada qimmat.

Masalan, eksportga yönaltiriladigan RAVON R2 (SPARK), RAVON R3 (Nexia), RAVON R4 (Cobalt) Rossiya bozorlarida çegirmalar bilan sotilmoqda, bu esa içki narxlar bilan 20-50 foizgaça tafovut qilmoqda. Soliştiriş uçun, «AvtoVAZ» AJ (Rossiya) mahsulotlarining içki bozordagi narxlari Özbekiston Respublikasi hududidagi narxlaridan 30-40 foizga arzon.

Bundan taşqari, içki bozordagi yengil avtomobillar narxi jahon bozoridagi raqobatçi korxonalar narxlaridan qimmatligi kuzatilmoqda.

Misol uçun, Tracker Premier modelining narxi 20 ming dollarni taşkil etsa, taşqi bozorlarda şu sinfdagi Hyundai Creta modelining narxi 15 ming dollarni, Nissan Terrano modelining narxi 15,5 ming dollarni taşkil etmoqda.

Uçinçidan, monopol mavqeini suiisteʼmol qilgan holda korxona tomonidan isteʼmolçi huquqlarini kamsitiş holatlariga yöl qöyilib kelingan.

Jumladan, avtomobillarning bazaviy komplektatsiyasida közda tutilgan ayrim butlovçi qismlarsiz sotilişi, mahsulotni şartnomada közda tutilgan muddatlarda yetkazib berilmasligi, mahsulot uçun oldindan tölov qabul qilingan holda narx oşişi munosabati bilan qöşimça tölovlar tölanişi va hokazo.

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan 2019 yilda bazaviy komplektatsiyada közda tutilgan, lekin amalda isteʼmolçilar tomonidan xarid qilingan 6,5 ming dona avtomobilga qöyilmay sotilgan 2,7 mlrd sömlik tumanga qarşi yoritkiçlar isteʼmolçilarga yetkazib berilişi yoki qayta hisob-kitob qilinişi taʼminlandi.

Törtinçidan, respublikada işlab çiqarilmaydigan va yuqori narx segmentidagi avtomobillarning olib kirilişida xöjalik yurituvçi subʼektlarga teng bölmagan raqobat şartlari vujudga kelgan.

2019 yilda amalda bölgan barça xöjalik yurituvçi subʼektlarga avtomobillarni import qilişda teng şartlar taʼminlaş imkoniyatini bergan imtiyozli tartib 2020 yil 1 yanvaridan bekor qilingan, biroq «UzAuto Motors» AJ tomonidan Single Unit Package (tayyor holda) şaklida olib kirilayotgan yoki amalda import qilinayotgan, respublikamizda işlab çiqarilmaydigan yengil avtomobillarga aktsiz soliği va bojxona stavkalariga bölgan imtiyoz saqlanib qolingan.

Beşinçidan, respublika hududiga olib kiriladigan avtotransport vositalarini sertifikatlaştiriş va klimatik sinovlar tartibining murakkabligi.

Xorijiy korxonalar dilerlari tomonidan import avtomobillarga Özbekiston hududida standartlaştiriş va klimatik sinov talablari meʼyoridan ortiq qöyilganligi, xususan:

rasmiy diler bir yilda bitta modeldagi avtomobilni bir dona miqdorida olib kirişi mumkinligi, bir donadan ortiq olib kiriladigan bölsa, model maxsus sinovlardan, yaʼni sertifikatlaştiriş va klimatik sinovdan ötkazilişi lozimligi, bunda har bir model 2 donadan test sinovi uçun berilişi va 15 ming km masofani respublika hududida bosib ötişi lozimligi, şuningdek, har bir test sinovi uçun örtaça 30 mln söm tölanişi, standartlaştiriş xodimlarini işlab çiqaruvçining zavodiga diler hisobidan yuborilişi kerakligi;

ehtiyot qismlarni sertifikatlaşda, jumladan avtotransport vositasi şinalarini «Özstandart» agentligi sinov laboratoriyalariga muvofiqlik sertifikatini oliş uçun berilganda ayrim körsatkiçlar böyiça laboratoriya sinovlari ötkaziş imkoniyatining yöqligi bildirilmoqda.

Yuqoridagilardan kelib çiqib hamda aholi va tadbirkorlik subʼektlarining manfaatlarini himoya qiliş, biznes yuritişda teng şaroitlar yaratiş va soğlom raqobat muhitini şakllantiriş maqsadida Qömita tomonidan Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligiga yengil avtomobillarga amaldagi import boji va aktsiz soliğini stavkalarining pasaytirilişi va import asosida olib kelingan yengil avtomobillar uçun sertifikatlaştiriş va klimatik sinovlar jarayonlarining ötkazilişi tartibini soddalaştiriş masalasini Taşqi savdoni tarif va notarif tartibga soliş böyiça Respublika Kengaşining yiğilişida körib çiqiş böyiça murojaat qilindi.

Oltinçidan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 noyabrdagi 3386-sonli qarori bilan 2018 yilning 1 yanvaridan boşlab tovarlarga çegaralangan narxlar belgilaş amaliyoti bekor qilingan (Vazirlar Mahkamasi tomonidan röyxati belgilanadigan ijtimoiy ahamiyatdagi mahsulotlar va ularning strategik turlari bundan mustasno).

Şunga köra «UzAuto Motors» AJ tomonidan 2018 yilning 1 yanvaridan boşlab işlab çiqarilayotgan avtomobillar uçun narxlarni mustaqil belgilaydi. Bunda, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi 249-sonli qaroriga muvofiq korxona har çorakda monopoliyaga qarşi organga qöllanilayotgan narxlar töğrisidagi maʼlumotlarni taqdim etib boradilar, uşbu organ öz navbatida monopol turdagi tovarlar narxlarining özgarişini tahlil qilib boradi.

Amaldagi qonunçilikka muvofiq ustun mavqega ega xöjalik yurituvçi subʼektlar tomonidan narxlarni oldindan kelişilişi közda tutilmagan.

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi «UzAuto Motors» AJ tomonidan yangi narxlarning kiritilişi bilan boğliq dastlabki hisob-kitob maʼlumotlarni örganib çiqdi. Maʼlumotlarda narx oşişi mahsulot tannarxining ösişi bilan boğliqligi hamda korxona tomonidan 2017 yilning avgust oyidan narxlarni oşirmasdan kelganligi bilan izohlangan.

Uşbu hisob-kitob maʼlumotlar qay darajada iqtisodiy asoslanganligi va adolatli şakllanganligi aniqlaş uçun korxonaning tadbirkorlik faoliyatini örnatilgan tartibda tekşiriş ötkaziş taqazo etadi.

Hozirda vakolatli organlar tomonidan tadbirkorlik subʼektlarida tekşiriş ötkazişning yangi tartibi işlab çiqilayotgan bölib, uşbu yangi tartib joriy qilinişi bilan yuqoridagi holatlar qöşimça ravişda çuqur örganilişi maʼlum qilinadi.

Şu bilan birga, işçi guruh tuzgan holda monopol mavqega ega bölgan «UzAuto Motors» AJ tomonidan işlab çiqarilayotgan yengil avtomobillar narxining şakllanişini tahlil qiliş, uni pasaytiriş böyiça qöşimça zahiralarni aniqlaş hamda mahsulotlar narxlarining asosli qöllanilişi yuzasidan tekşiriş ötkazişga ruxsat oliş işlari amalga oşirilmoqda.

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi
Matbuot xizmati

×