Haj va umra ziyoratlari böyiça ilova işlab çiqiladi

Haj va umra ziyoratlari böyiça ilova işlab çiqiladi

“Haj va Umra yagona portali” hamda uning mobil ilovasi işlab çiqiladi. 

Prezident farmoniga muvofiq, fuqarolarning ibodatlar va diniy rasm-rusumlarni amalga oşirişi uçun qöşimça qulayliklar yaratiş maqsadida, 2025 yil 1 sentyabrgaça “Haj va Umra yagona portali” hamda uning mobil ilovasi işlab çiqiladi.

Portalda:

- “Haj” tadbirlariga boruvçi fuqarolarning yagona elektron navbati hamda “Umra” tadbirlariga yuboriladigan ziyoratçilarning elektron röyxati şakllantiriladi;

- “Haj” va “Umra” faoliyati töğrisidagi maʼlumotlarni yiğiş va rasmiylaştiriş bilan boğliq jarayonlar raqamlaştiriladi.

Özbekiston xalqaro islom akademiyasi Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi etib qayta nomlandi.

 Akademiya islomşunoslik va dinşunoslik sohalarida mutaxassislarni hamda öquv dasturi, qöllanma va darsliklarni tayyorlaşga ixtisoslaşgan tayanç davlat oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilandi.

Din işlari böyiça qömita huzurida Diniy-maʼrifiy sohada malaka oşiriş va qayta tayyorlaş instituti taşkil etiladi.

Institut islomşunoslik, dinşunoslik, davlat va din munosabatlari asoslari yönalişlarida mutaxassislarning malakasini oşiriş va qayta tayyorlaşga masʼul muassasa hisoblanadi.

Teglar:
×