Keça, 27 sentyabr kuni Saudiya Arabistoni Podşohligi Haj va umra işlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boşçiligidagi delegatsiya mamlakatimizga taşrif buyurdi.
Martabali mehmonlarni Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisi Muzaffar Komilov, Din işlari böyiça qömita raisi Sodiqjon Toşboyev, Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov va bir guruh mutasaddilar kutib oldi.
Mazkur taşrifdan asosiy maqsad – Özbekiston va Saudiya Arabistoni Podşohligi örtasidagi hamkorlik munosabatlarini takomillaştiriş, ayniqsa, diniy-maʼrifiy, ilmiy-tadqiqot, turizm, transport sohasidagi aloqalarni mustahkamlaşga qaratilgan.









