Qişloq xöjaligi vazirligi munosabat bildirdi.
Mart oyining oxirlaridan boşlab Surxondaryo viloyati fermerlari ertapişar kuzgi piyoz hosilini yiğişni boşladi. Poliz ekini viloyatning özi va qöşni hududlar bozorlarida ham paydo böldi. Biroq, ötgan yillardan farqli ölaroq, bu mavsumda piyoz narxi rekord darajaga qimmatlaşdi. Bu haqda EastFruit xabar berdi.
Yangi hosildan olingan piyozning dastlabki partiyasini fermerlar örtaça 5000 sömdan yoki 39 tsentga teng narxda sotişgan. Öz navbatida, bozorlarda çakana narxlar 7000−8000 söm yoki 54−62 tsentgaça oşgan.
Özbekiston piyoz bozoridagi vaziyatni VESAGRO konsalting kompaniyasi rahbari Örmonali Usmonov şunday izohladi:
"2025 yil mart oyining ikkinçi yarmida Surxondaryo viloyatining bir qator tumanlarida (Jarqörğon, Qumqörğon va Şerobod) fermerlar ertapişar piyoz hosilini yiğişni boşladi. Biroq, piyozning yetiliş darajasi hali uni uzoq masofalarga taşişga imkon bermayapti. Xalq tilida aytganda, piyoz hali „kiyinmagan“. Şu sababli hozirda mahsulot asosan Surxondaryo viloyati va unga qöşni hududlarda sotilyapti. Şunday bölsa-da, bu mavsumda fermerlar narxlardan juda mamnun. Ötgan yili ayni şu paytda yangi hosildan olingan piyozning kilosi dalalarda taxminan 500 sömdan (4 tsent) yuklab jönatilgan bölsa, bu yil boşlanğiç narxlar 10 baravar yuqori", degan Usmonov.
Mutaxassisning fikriça, narxlar yuqori bölişining asosiy sababi ekin maydonlarining sezilarli darajada qisqargani bilan boğliq.
"Mart oyining uçinçi ön kunligida ötgan yilning avgust-sentyabr oylarida ekilgan kuzgi piyozni yiğib oliş boşlandi. Taxminiy hisob-kitoblarimga köra, butun Özbekiston böyiça uşbu kuzgi piyozning umumiy maydoni 30−40 foizga qisqargan. Menimça, bunday vaziyat qöşni davlatlarda ham kuzatilgan. Hosildorlik va pişiş muddatlariga kelsak, 2024 yilning keç kuzi va qişida anomal sovuqlar bölmadi, ob-havo qulay edi. Hosildorlik ötgan yilgi darajada qoldi, pişiş muddati esa özgarmadi. Biroq, hozirda piyoz hali "kiyinmagan" va kerakli yetuklikka erişiş uçun vaqt talab etiladi. Öylaymanki, tarmoq sifatidagi va eksportga yaroqli hajmdagi mahsulotlar 2025 yilning 15−20 aprel kunlari içki bozorda paydo böladi", deya qöşimça qilgan u.
Şuningdek, yangi piyoz narxlari ötgan yilgi hosilning zaxiralariga, aniqroği, ularning tugaş tezligi va taşqi bozorlardagi talabga boğliq bölişi taʼkidlangan.
"Piyoz narxi arzonlaşi kutilyapti"
Qişloq xöjaligi vazirligi yangi piyoz narxi oşişi haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinişiça, narxlarning oşişiga 2024 yilning may-iyun oylarida piyoz narxining bir kilogrammi 500−1000 sömgaça tuşib ketgani sabab bölgan. Natijada 2025 yilda qator hududlarda piyoz ekin maydonlari qisqartirilgan. Xususan, Jizzaxda 5 ming gektar, Navoiyda 6,7 ming gektar, Namanganda 8,4 ming gektar, Samarqandda 14 ming gektar, Surxondaryoda 2,6 ming gektar, Sirdaryoda 2,8 ming gektar, Toşkentda 2,6 ming gektar, Xorazmda 7,6 ming gektar kam piyoz ekilgan.
"Şunga qaramasdan, respublikamizda joriy yil jami 1 412 ming tonna piyoz yetiştirilişi kutilmoqda. Bu ötgan 2024 yilga nisbatan 12 ming tonnaga köpdir", deyiladi vazirlik izohida.
Qayd etilişiça, 2024 yil 1 aprelda yangi piyoz narxi 5−6 ming sömni taşkil etgan bölsa, 7 aprelda 3−3,5 ming sömgaça tuşgan. 2025 yil 1 aprelda yangi piyoz 7−8 ming sömni taşkil etgan bölsa, bugungi kun holatiga narx 4−5 ming sömgaça arzonlaşgan.
Şuningdek, 2024 yilgi hosildan 75 ming tonna piyoz omborxonalarda içki bozorga yetkazib berilgan bölsa, yana 46 ming tonnasi 2−3 ming sömdan sotilyapti.
Pişiş davriga qarab joriy yilning 15 aprelidan piyoz narxi 2-2,5 ming sömgaça arzonlaşişi kutilmoqda. Bundan taşqari, aprel oyining 2-3-dekadalari 70 ming tonna, may oyida esa 90 ming tonnadan ortiq piyoz pişib yetiladi.
Qişloq xöjaligi vazirligi har bir mavsumda qişloq xöjaligi ekinlarining ilk yetilgan pallasida narxlar oşişi kuzatilişini, bu vaqtinça holat bölib, tez orada özgariş tendentsiyasiga egaligini eslatib ötdi.
"Baʼzi hududlarda dehqonlar odatdagidan ortiq mablağ talab etuvçi innovatsion agrotexnik tadbirlarni qöllaş orqali öz mahsulotini odatdagidan 10−15 kun avval yetiştirib bozorga çiqarişi heç kimga sir emas", - deyiladi xabarda.









