Özbekistonda sönggi kunlarda xorijiy valyuta, xususan, dollar kursining sömga nisbatan kötarilib ketişi kuzatildi. Özbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov vaziyatga izoh berib, jarayonni almaşinuv kursining töğrilanişi deb baholadi. Bu haqda "Qalampir.uz" yozmoqda.
MB raisi taşqi savdo aylanmasi va qöşni davlatlardagi vaziyat kursga qanday taʼsir qilayotganini ham tuşuntirib berdi. Mamarizo Nurmuratov avvalo Hukumat valyuta kursiga aralaşmayotganini taʼkidlab, bunday qiliş yaxşi oqibatga olib kelmasligini aytib ötdi.
“Markaziy bank yoki Hukumat almaşuv kursini bozordagi talab va taklif asosida şakllanişiga aralaşmaydi. Agar biz kursga aralaşib turib, bozor qoidalarini buzsak, uni keyinçalik töğirlaş juda ham qiyin böladi. Aprel oyining ötgan ikki haftasida valyuta ayirboşlaş şoxobçalarida ham ayirboşlaş kursi örtaça 6,5 foizga oşişi kuzatildi. Agar yodingizda bölsa, özimizning xabarnomalarimizda valyuta kursining özgarişi böyiça kutilayotgan jarayonlar, bölayotgan özgarişlar, aprelning birinçi ön kunligida bevosita bizning naqd valyuta ayirboşlaşimizda körinayotganini taʼkidlab ötgan edik", dedi Mamarizo Nurmuratov.
Markaziy bank raisi valyuta kursining özgarişini taklif kamaygani holda talab ortib borayotgani bilan tuşuntirdi.
"Bunga öz navbatida içki valyuta bozoridagi valyutaga bölgan talabning taklif hajmidan oşişi natijasida, almaşinuv kursining maʼlum darajada töğirlanişi deb qaraşimiz lozim. Çunki joriy yilning mart oyidan boşlab, rivojlanayotgan davlatlar, xususan asosiy savdo hamkorlarimizning valyuta kurslarining keskin qadrsizlanayotganini kuzatmoqdamiz. Uşbu holat, albatta, bizning almaşinuv kursimizga ham taʼsir ötkazadi.
Endi nima uçun biz buni maʼlum darajada kursning töğrilanişi deb qaraşimizga izoh beradigan bölsak, uşbu holat bugun qöşni davlatlarda, global iqtisodiyotda bölayotgan özgarişlar bizga öz taʼsirini ötkazmay qolmaydi. Bu, albatta, valyuta ayirboşlaş sohasida bölayotgan özgarişlarga ham tegişlidir. Şu sababli, qöşni davlatlardagi valyuta kursining bizni valyutamizga taʼsiri, birinçidan, töğridan-töğri taşqi savdo operatsiyalari va çetdan pul ötkazmalari hajmlarining özgarişiga taʼsir körsatadigan bölsa, ikkinçisi, birvosita aholi va xöjalik yurituvçi subʼektlarning devalvatsion kutilmalari orqali taʼsir körsatadi. Hozir qayd etib ötilganidek. Qöşni davlatlardagi kurslarning qadrsizlanişi, qöşni davlatlardagi iqtisodiy özgarişlar albatta, bizni taşqi savdo aloqalarimizda ham özining salbiy taʼsirini körsatmay qolmaydi.
Şuni ham aytiş kerakki, fundamental omillar bilan kutilmalar bir-biridan katta farq qiladi. Çunki, qöşni davlatlarda valyuta ayirboşlaş kursida bölayotgan özgarişlar, albatta, bizni aholimizda, biznes subʼektlarimizda devalvatsion kutilmalarni şakllantirgan edi. Bu kutilmalar bevosita valyuta tuşumlari haqida ham, eksport va pul ötkazmalari böyiça ham sezilarli kamayişda öz aksini topdi. Lekin ayni paytda importga bölgan talab ötgan yilgi darajada saqlanib qolayotgan yöq. Bu öz navbatida bizni kursimizni keskin pasayib ketişiga imkon yaratmaydi va uni yumşatiş uçun xizmat qiladi.
Agar bevosita tadbirkorlar va aholida nega şunday devalvatsion kutilmalar vujudga keldi deb qaraydigan bölsak, mart oyida pul ötkazmalari hajmi fevral oyiga nisbatan 23 foizga pasaydi. Apred oyining dastlabki 10 kunida mart oyining mos davriga nisbatan qariyb 3 baravarga qisqardi. Hamma masala bu yerda odamlarimiz va tadbirkorlarning kutilmalari yuqoriligaça saqlanib qolmoqda. Natijada valyuta birjasida taklif sezilarli kamaygan bölsa, aksinça, valyuta ayirboşlaş şoxobçalarida aholi tomonidan sotib oliş hajmi yuqori surʼatlarda oşişi saqlanib qoldi”, deya tuşuntirdi Mamarizo Nurmuratov.
Eslatib ötamiz, keça, 14 aprel kuni Markaziy bank qayta moliyalaş stavkasini 15 foizga tuşirdi. Bu qaror inflatsiya darajasi pasaygani bilan izohlandi.









