Özbekistonda nega elektr energiyasida uzilişlar kuzatilmoqda?

Özbekistonda nega elektr energiyasida uzilişlar kuzatilmoqda?

Özbekiston Energetika vazirligi monitoring maʼlumotlariga köra, 2020 yilda elektr energiyasidagi uzilişlar soni va davomiyligi 2019 yilga nisbatan ikki baravar kamayganini maʼlum qildi.

Maʼlum qilinişiça, elektr taʼminoti barqarorligiga taʼsir qiluvçi asosiy omillardan biri bu mavjud elektr stantsiyalari va elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilişdir.

Vazirlik mamlakatda mavjud elektr stantsiyalarining joriy quvvati aholi va iqtisodiyotga, jumladan, kuz-qiş davrida elektr energiyasiga bölgan talabni töliq qondiriş imkonini berişini taʼkidlagan.

“Xususan, isteʼmolning eng yuqori yuklama (pik) paytida, ayniqsa sovuq va issiq mavsumda sodir böladigan elektr energiyasidagi uzilişlarga kelsak, bu, odatda, eskirgan elektr stantsiyalari bilan boğliq holat bölib, bunda mamlakat elektr energiyasi katta miqdordagi ixtisoslaştirilgan uskunalar bilan taʼminlanadi, modernizatsiya qilinadi va agar kerak bölsa, ularni almaştirişda kerak bölgan moliyaviy va boşqa zarur resurslarni ajratiş bilan bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi”, – deyilgan xabarda.

Qayd etilişiça, hozirgi kunda foydalanilayotgan energoqurilmalarning 50 foizigaça 30-40 yil davomida faoliyat körsatadi. Ularning jismonan va maʼnan eskirişi uşbu energobloklarning işdan çiqişiga olib keladi. bu esa elektr stantsiyalarining ayrim energobloklarida uzilişlar yuz berişiga olib keladi. Odatda ularni taʼmirlaş uçun 3-5 soat vaqt ketadi. Uşbu holatlar qisqa muddatli elektr uzilişlarining sabablari hisoblanadi.

Vazirlik elektr stantsiyalari va elektr tarmoqlarini modernizatsiya qiliş böyiça işlar har kuni davom ettirilayotganini maʼlum qilgan. Eelektr taʼminotidagi uzilişlar soni va davomiyligi böyiça alohida monitoring örnatilgan, bu esa elektr taʼminotidagi muammoli joylarni topişga va ularni bartaraf qilişga imkon beradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq prezident Şavkat Mirziyoyev 2021–2022 yillarda elektr energiyasi tarifini oşirmaslik böyiça topşiriq bergani  xabar qilingan edi.

Manba: Effect.uz

×