Namanganda piyoz ortilgan yuk maşinasi beton tösiqqa urilib, ağdarilib ketdi

Namanganda piyoz ortilgan yuk maşinasi beton tösiqqa urilib, ağdarilib ketdi

Namangan viloyatining Pop tumanida 16 may kuni Isuzu yuk maşinasi iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa 04:30 larda A 373 Toşkent–Öş avtomobil yölining 271-kilometrida yuz bergan. 1984 yilda tuğilgan D.E. (erkak) Isuzu yuk transport vositasini boşqarayotib, yölning pastlikka tuşiş qismida rul boşqaruvini yöqotib, yöl çetidagi beton tösiqqa borib urilgan va ağdarilgan.

Natijada haydovçi D.E. va yölovçilar 2000 yilda tuğilgan Ş.S. (erkak) va 1985 yilda tuğilgan U.B. (erkak) tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.

YHXBB tomonidan eʼlon qilingan suratlarda yuk maşinasi ağdarilgaç, unga ortilgan piyozlar tökilib ketganini köriş mumkin.

Foto: YHXBB

Mazkur YTH yuzasidan Pop tumani IIB TB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, 24 aprel kuni Pop tumanida yuk maşinasi iştirokida odam ölimi bilan yakunlangan YTH yuz bergandi. Qamçiq dovonida tormozi işlamay qolgan yuk maşinasi toğga borib urilişi oqibatida haydovçi voqea joyida vafot etgandi.

×