Joriy yilning 17 fevral kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro şahridagi Mir Arab madrasasiga taşrifi vaqtida kam taʼminlanganlarga Umraga borişda yordam berilişini maʼlum qildi.
Uşbu taşrif davomida Prezident sönggi yillarda Umra va Haj safarlariga qatnov soni köpaytirilganini taʼkidladi.
“Umraga xohlagança ruxsat berilyapti. Haj safarlari karra-karra köpaydi. Eʼtiqod insonning yuragida, bağrida, könglida böladi”, deydi Mirziyoyev.
Şundan söng, Prezident muftiy va madrasa talabalaridan kimda qanday taklif bölsa, eşitişga tayyor ekanini bildirdi. Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Umraga borişga imkoniyati yetmaydigan kam taʼminlanganlar uçun davlat tomonidan yordam berilişini söradi.
“Sizdan bitta iltimos böladi, adolatli tanlov qilib bersangiz, xohlaganingizça yordam beraman. Haqiqiy kam taʼminlanganlarning istagi albatta ijobat böladi. Ularning röyxatini şakllantirib bering. Kerak bölsa, u yerdagi rahbarlarga ham aytib, ularni alohida-alohida kutib oladigan qilib taşkillaştiramiz”, deydi davlat rahbari.









